Buyuk Britaniya taşqi işlar vaziri 47 yoşli Yelizabet Trass hukmron Konservativ partiyaning yangi rahbari etib saylandi.

Ovoz beriş jarayonining oltinçi turida u Konservativ partiyaning 81 326 nafar a’zosi ovozini qölga kiritdi. Uning raqibi, sobiq moliya vaziri Rişi Sunakka 60 399 kişi ovoz bergan.

Liz Trass Konservativ partiya rahbarligida Boris Jonsonning örnini egallaydi.

Yaqin vaqtlar içida Jonson qiroliçaga öz iste’fosini ma’lum qilişi va Trassni öz vorisi sifatida taqdim etişi kerak. Qiroliça bilan rasmiy uçraşuvdan keyin Trass rasman boş vazirga aylanadi.

Jonson iyul oyi boşida Konservativ partiya rahbarligidan ketişini e’lon qilgandi. U öz kabinetida yuzaga kelgan mojaro ortidan iste’fo berişga majbur bölgandi.

Kutilgan ğoliblik

Avgust oyi örtalarida ötkazilgan sörovlardan biriga köra, Liz Trass Konservativ partiya rahbarligi uçun kuraşda Rişi Sunakni jiddiy farq bilan ortda qoldirgan: uni partiya a’zolarining 60 foizi, Sunakni 28 foizi qöllab-quvvatlagan.

Faqatgina Konservativ partiya a’zolari ovoz beradigan saylovda ğalaba qozonadigan nomzod avtomatik ravişda britan hukumati rahbariga aylanadi.

Britaniya tarixidagi ilk boş vazir bölgan Margaret Tetçerning yorqin faoliyati tufayli uning izdoşlari ham «temir ayol» bölişga urinişi tabiiy. Partiya funksioneri, 2016-2019 yillarda boş vazir bölgan Tereza Meyni ham unga öxşatişgan. Ammo öxşamagan.

Meydan köra Liz Trass Tetçer kabi konservatorlarning qat’iy va ğoyaviy yetakçisiga öxşaydi va uning özi bunday öxşaşlikni eslatib turişga intiladi.

Tört yil muqaddam u Şotlandiyaning Scotsman gazetasidagi kolonkasini 7 yoşida Şotlandiyadagi ilk maktabidagi debatda Tetçer rolini öynagani haqidagi xotiralar bilan boşlagan. Keyin - Tetçer haqida heç qanday muhokamalar yöq, faqat u Şotlandiyada öta maşhur bölgani eslanadi. Ammo obraz «kiritib ketilgan», Tetçer va Trass familiyasi yonma-yon kelgan - şuning özi yetarli.