Yevropada gaz ta’minoti bilan boğliq inqiroz fonida yagona Yevropa valutasi deyarli 20 yil içidagi eng past darajaga tuşdi. 5 sentabr, duşanba kuni ertalab bir yevroni 0,9881 AQŞ dollariga sotib oliş mumkin. Oxirgi marta yevro 2002 yil oxirida bundan ham pastroq qiymatda baholangandi.
 
Yevropa markaziy banki (YeMB) 2 sentabrda bazaviy kursni 0,9993 dollar qilib belgiladi. Yagona Yevropa valutasi ötgan yil davomida asta-sekin qadrsizlanib bordi va iyun oyida keskin pasayib ketdi, iyul örtalarida esa dollarga yetib oldi. Mutaxassislar buni Ukrainadagi uruş oqibatlari va Rossiyadan tabiiy gazning beqaror yetkazib berilişi bilan boğlaşmoqda. Yevropalik iste’molçilar endi import qilinadigan tovarlar uçun köproq tölaşlari kerak böladi, Yevropa eksporti esa xalqaro bozorlarda yanada jozibador böladi. 

Yevropa markaziy banki allaqaçon kredit stavkalarini oşirgan va inflatsiyani jilovlaş uçun buni yana amalga oşirişni rejalaştirmoqda. Şu bilan birga, AQŞ Federal zaxira tizimi (FZT) ham şunga öxşaş çoralarni ança tezroq amalga oşiradi, bu dollarning mustahkamlanişiga yordam beradi. Dollar va yevro oxirgi marta 2002 yilda, naqd yevro muomalaga kiritilgandan söng teng qiymatda baholangan edi. 

Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi 3 sentabr kuni «Portovaya» kompressor stansiyasida moy sizib çiqqanini aytib, «Şimoliy oqim-1» orqali gaz yetkazib berişni qayta tiklaşdan boş tortdi. Bunga javoban Germaniyaning Siemens Energy AG kompaniyasi «Şimoliy oqim» gaz quvuri işini töxtatiş uçun heç qanday texnik sabablar yöqligini ma’lum qildi.