Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Buni keyinroqqa qoldiramiz». Ramzan Qodirov Checheniston rahbarligidan ketmoqchi emas
U regionlar rahbarlari orasida «eng uzoq muddat lavozimida qolgan» rahbar bo‘lishni istaydi.

Foto: Ministry of Culture Russia / Global Look Press
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov telegram-kanalida videomurojaat joylashtirib, iste’foga chiqishi mumkinligi haqida avvalroq aytgan so‘zlaridan qaytganini ma’lum qildi. U o‘zining «muddatsiz ta’tilga chiqishi haqidagi gaplarni to‘xtatish»ga chaqirib, xalq va prezidentdan so‘ramasdan o‘z lavozimini «shunchaki» tark eta olmasligini aytdi. Shuningdek, region rahbarligida uzoq vaqt qolish borasida rekord o‘rnatmoqchiligini qo‘shimcha qildi.
Checheniston rahbarining aniqlik kiritishicha, uning «ko‘p o‘tirib qolgani» va «ketish vaqti kelgani» haqidagi oldingi bayonotidan maqsad odamlarning fikrini bilish bo‘lgan. Qodirov o‘z lavozimida 15 yildan buyon qolmoqda, ammo muhokamalar jarayonida ma’lum bo‘lishicha, u «lavozimda eng uzoq vaqt ishlagan» gubernator sanalmaydi — oldingi rekord 27 yilni tashkil etgan (Belgorod oblastining sobiq gubernatori Yevgeniy Savchenko 1993 yildan 2020 yilgacha ishlagan). Endi Qodirov bu natijani yangilamoqchi.
«Hozirgi rekordni yangilashga qaror qildim. Ko‘ramiz, men bu ko‘rsatkichdan o‘ta olarmikinman. Aslida men shunchaki ketishga haqqim yo‘q. Xalq menga region rahbarligini ishonib topshirgan. Va bu ishonchni oqlash — mening muqaddas burchimdir. Faqat xalq va Rossiya prezidentidan so‘rab ketishim mumkin. Shu tufayli muddatsiz ta’til haqidagi gaplarni kelajakka qoldiramiz», degan Ramzan Qodirov.
U «mamlakat Donbassda jahon satanizmiga qarshi kurashayotgan mas’uliyatli palla»da qisqa muddatli ta’tilga ham chiqa olmasligini qo‘shimcha qilgan.
- 3 sentabr kuni Ramzan Qodirov videomurojaat qilib, Checheniston rahbarligida «uzoq vaqt qolib ketgani»ni va «uzoq va muddatsiz ta’tilga munosibligi»ni aytgandi. «O‘ylaymanki, mening vaqtim ham keldi — o‘zlari meni haydab solishmaslaridan», — deya qo‘shimcha qilgandi u.
- Kremldagilar bu bayonotga alohida e’tibor qaratmagandi. RF prezidenti ma’muriyatiga yaqin manba «Meduza»ga Qodirov Rosgvardiyada rahbarlik lavozimiga tayinlanishi mumkinligini xabar qilgandi.
- Ramzan Qodirov Chechenistonni 2007 yildan buyon boshqarib keladi, bu hozirda Rossiya regionlarining amaldagi rahbarlari orasida rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. U avval ham bir necha bor (2016 va 2017 yillarda) iste’foga chiqishi ehtimoli haqida gapirgan va RF rahbariyatining bu boradagi har qanday qaroriga rozi bo‘lishini qayd etgandi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Sport | 00:44
-
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Jahon | 23:47 / 13.07.2025
-
Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi
Jahon | 23:01 / 13.07.2025
-
Britaniyada samolyot havoga ko‘tarilish vaqtida halokatga uchradi
Jahon | 22:37 / 13.07.2025
Mavzuga oid

08:26 / 01.07.2025
Chechenistonda 17 yoshli Adam Qodirovning to‘yi nishonlandi. Aynan u otasining ehtimoliy vorisi sifatida ko‘riladi

18:00 / 05.06.2025
Moskvada o‘g‘irlab ketilgan blogerga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

18:07 / 04.06.2025
Moskva markazida chechenlar odam o‘g‘irlashdi

20:04 / 08.05.2025