Ilyos Yusupov:

— Amaldagi qonunçiligimizda fuqaro qaysidir jinoyatda gumonlanib, uşlanadigan bölsa, unga qaysi huquqlari tuşuntirilişi kerak?

— Avvalambor, fuqaroga qaysi jinoyatda gumonlanib uşlanayotganini ma’lum qiliş kerak. Ikkinçidan, unga huquqlari tuşuntirilişi kerak. Ular quyidagilar: Siz özingizga qarşi körsatma bermaslik huquqiga egasiz. Sizning advokatga yoki yaqin qarindoşga xabar beriş va advokat bilan xoli uçraşmagunça körsatma bermaslik huquqingiz bor va hokazo.

— Qonunçilikda belgilab qöyilgan bu qoidalar amalda işlaydimi? Gumonlanuvçi sifatida tergov organlariga işi tuşganlardan ularga bu huquqlar tuşuntirilganini eşitmaganmiz. Aksar hollarda ularning uyidagilariga xabar berilmaydi.

— Endi, har bir advokatning işi individual xususiyatga ega. Sababi har bir holatda şunday bölgan, har bir holatda bunday bölmagan, deb aytolmaymiz. Bu tizimli emas. Bu ayrim paytlarda kuzatiladigan holat.

Ba’zan bizga ham yaqin qarindoşlari kelib, akamni yoki ukamni falonçi içki işlar organlariga olib borişgani haqida qönğiroq böldi. Öşa yerga borişingizni söraymiz, deb murojaat qilişadi. Bu bor narsa. Tabiiy hol. Lekin siz aytgan holatlar ham uçrab turadi.

Ilyos Yusupov, advokat

Agar bu jarayonlar elektronlaştirilsa, inson omili yöqoladigan bölsa, bu narsa öz-özidan yöqoladi. Uşlagan şaxsni har bir huquqni muhofaza qiliş organi xodimlariga ham şart qöyiş kerakmi yoki bodikamera zarurmi, ya’nikim uşlangan çoğidan keyingi holatning hammasi bodikameraga tuşib borsa, öşa huquqlarini tuşuntirgan yoki tuşuntirmaganini inkor qilişini isbotlaşi mumkin böladi.

Lekin hozir uşlangan şaxs bilan, uşlagan şaxs örtasida böladigan muloqotni isbotlab berolmaymiz. U huquqlarini tuşuntirdim deydi, bu esa u menga huquqimni tuşuntirmadi deydi. Bu ikkisining gapini bir narsa isbotlaşi mumkin böladi, u ham bölsa videoyozuv.

Zafar Usmonov:

— Rostdan ham şunaqa holatlar bor. Uşlagan taraf fuqaroga huquqlarini men tuşuntirganman deydi, fuqaro esa tuşuntirmagan deb aytadi. Fuqarolarni gumonlanuvçi sifatida uşlab keliş yoki qölga oliş köproq içki işlar xodimlari, xususan, jinoyat qidiruv bölimi xodimlari tomonidan amalga oşiriladi. Hamkasbim aytganiday, ularda na bodikamera, na videoyozuvlar bölmaydi. Şu sabab ular zimmasidagi majburiyatlarga qançalik rioya etganini biliş imkonsiz.