Neft eksport qiluvçi mamlakatlar taşkiloti (OPEK) va uning qator hamkor davlatlari (OPEK+) 32-vazirlar yiğilişi yakunlari böyiça videokonferensiya orqali OPEK+ neft qazib olişni kuniga 100 000 barrelga qisqartirişi va oktyabrda avgust oyi şartlariga qaytişi töğrisida kelişib oldi. Bu haqda 5 sentabr, duşanba kuni yiğiliş yakunlari böyiça OPEK matbuot xizmati xabar berdi.
«Qazib oliş darajasini kuniga 100 000 barrelga oşirişga qarab özgartiriş faqat 2022 yilning sentabriga möljallangan edi», — deyiladi bayonotda. Guruh 5 oktyabr kuni bölib ötadigan navbatdagi yiğiliş oldidan «zarur bölganda bozor özgarişlariga munosabat bildiriş» uçun keyingi muzokaralar ötkaziş huquqini saqlab qoldi.
«Ötgan oydagi qazib olişni özgartiriş iste’molçilar talablariga javob berdi, bu oydagi tuzatiş işlab çiqaruvçilarning xavotiriga munosabat böldi», dedi Standard Chartered tahlilçisi Emili Eşford.
Qazib olişni qisqartiriş qarori bu yil birinçi marta qabul qilindi. Yozda AQŞ prezidenti Jo Bayden Saudiya Arabistonidan neft qazib olişni köpaytirişni söradi. Avgust oyida Reuters agentligi qazib olişning öşa paytdagi ösişini «86 soniya global talabni» ta’minlaydigan «mayda» ösiş va Oq uy rahbarining «haqorati» deb atagan.
Iyun oyida davlatlar koronavirus pandemiyasi davrida neftga bölgan talabning pasayişi ta’sirini qoplaş uçun iyul va avgust oylarida neft qazib oliş kvotasini kuniga 648 ming barrelga oşirişga kelişib oldi. OPEKning eng yirik neft qazib oluvçisi Saudiya Arabistoni avvaliga bu qadamni qöyişni istamadi, ammo oxir-oqibatda Ar-Riyod bozordagi taqçillik tufayli bir qator davlatlar Rossiyadan neft sotib olişdan boş tortgan vaziyatda bozorda tanqislikdan qoçişga rozi böldi, deb yozadi Financial Times.
OPEK+ guruhiga Neft eksport qiluvçi davlatlar taşkilotining (OPEK) 13 ta a’zosi, şuningdek, 10 ta hamkor davlat, jumladan, Rossiya kiradi.












