Qoraqalpoğistonda iyul oyi boşidagi voqealarni örganiş böyiça parlament komissiyasi a’zolari Xorazm viloyatining Urganç şahridagi 11-son tergov  hibsxonasiga taşrif buyurib, u yerda saqlanayotgan şaxslarning yaşaş, ovqatlaniş, tibbiy xizmatdan foydalaniş hamda advokatlar va yaqin qarindoşlari bilan qisqa muddatli uçraşuv xonalardagi şaroitlarni örgandi. Bu haqda ombudsman ofisi matbuot xizmati xabar berdi.

Komissiyani boşqaradigan ombudsman Feruza Eşmatova va boşqa komissiya a’zolari hibsxonada saqlanayotgan şaxslar, şu jumladan uşbu voqealar yuzasidan qözğatilgan jinoiy iş böyiça asosiy ayblanuvçilardan biri Dauletmurat Tajimuratov bilan suhbatlaşdi.

«Uçraşuv davomida Tajimuratov advokat bilan ta’minlanganini va advokatining u bilan uçraşişida heç qanday qarşiliklar yöqligini, oila a’zolari bilan ham qisqa muddatli uçraşuv ötkazilganligini hamda posilka va yöqlovlar olayotganini ma’lum qildi», — deyiladi xabarda.

Tajimuratov unga nisbatan tergov harakatlari davomida va tergov hibsxonasida heç qanday qiynoq, bosim yoki tazyiqlar bölmaganini, ovqatlarning sifati va hibsxonadagi boşqa şaroitlarga heç qanday e’tirozi yöqligini bildirdi.

«Komissiya a’zolari taşrif davomida gumon qilinuvçilarning tergov hibsxonasida saqlanayotgan paytida va tergov jarayonlarida heç qanday huquqlari buzilmagani hamda ruhiy va jismoniy qiynoq holatlariga yöl qöyilmaganiga guvoh böldi», dey qayd etiladi komissiya xabarida.

Qoraqalpoğistonning Nukus şahrida 1-2 iyul kunlari Konstitutsiyaga respublika maqomini özgartiriş böyiça taklif etilgan tuzatişlardan norozi bölgan aholi ommaviy namoyişlar ötkazgandi.

1 iyul kuni Dauletmurat Tajimuratov masjid oldida murojaat qilib, odamlarni 5 iyul kuni «Qoraqalpoğiston erkinligi uçun» miting ötkazişga çaqirdi. Köp ötmay u qölga olinadi. Keçga yaqin qöyib yuboriladi, ammo keyin yana qölga olinadi.

2 iyul kuni Nukusga Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev yetib boradi va şunday deydi: «Agar qoraqalpoq xalqi norozi bölsa, birorta modda özgarmaydi». Şundan keyin Qoraqalpoğiston maqomiga özgartiriş kiritiş böyiça takliflar muhokamadan olib taşlanadi.

Ommaviy tartibsizliklar ortidan Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi bilan jinoyat işi qözğatildi. 8 iyul kuni Özbekiston Boş prokuraturasi Qoraqalpoğistondagi ommaviy tartibsizliklar yuzasidan qözğatilgan jinoyat işi böyiça ma’lumot berdi. Unga köra, tergov harakatlari davomida jinoyat işi böyiça Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasi tartibida 14 kişi uşlangan.