2022 yil 15 sentabrdan boşlab, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida istiqomat qilayotgan yoşga doir pensiya va nafaqa oluvçilar, nogironligi bölgan şaxslarga temir yöl çiptalarini rasmiylaştirişda yöl haqining tarif qismidan 50 foiz miqdorida çegirma belgilandi, deb xabar berdi «Öztemiryölyölovçi» AJ.

Bu haqda «Qoraqalpoğiston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal sur’atlarda rivojlantiriş orqali aholi farovonligini oşirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida»gi (31.08.2022) Prezident farmonining 11-bandida quyidagiça belgilab qöyilgan edi:

«Qoraqalpoğiston Respublikasida ijtimoiy himoya dasturlari qamrovini kengaytiriş yönalişi doirasida 2022 yil 15 sentabrdan boşlab Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyati istiqomat qilayotgan yoşga doir pensiya va nafaqa oluvçilar, nogironligi bölgan şaxslar uçun temir yöl va aviayölovçilar çiptalarini sotiş 50 foizlik imtiyozli tariflar böyiça amalga oşirilsin hamda yölovçi taşuvçi kompaniyalarning uşbu imtiyozlarni taqdim qiliş bilan boğliq xarajatlari Özbekiston Respublikasi budjeti mablağlari hisobidan qoplab berilsin».

«Öztemiryölyölovçi» AJ xabariga köra, imtiyoz 2022 yil 15 sentabrdan barça mahalliy yönalişda harakatlanadigan yölovçi poyezdlar uçun amal qiladi.

Hozirça «Özbekiston havo yöllari» kompaniyasi bunday imtiyoz şartlari haqida xabar bermadi.

Prezident farmonida imtiyozning qaçongaça amal qilişi belgilanmagan.