2022 yilning birinçi yarmida 419 ming kişi Rossiyadan xorijga çiqib ketdi, deb xabar bermoqda RBK 5 sentabr, duşanba kuni Federal davlat statistika xizmati (Rosstat) ma’lumotlariga tayanib. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan ikki barobar köp, ya’ni 202 ming kişi mamlakatni tark etgan.
Şu bilan birga, agar 2021 yilning birinçi yarmida Rossiyada 114,2 ming kişini taşkil etgan migratsiya ösişi qayd etilgan bölsa, joriy yilning birinçi olti oyida 96,7 ming kişilik migratsion yöqotiş kuzatilgan.
Xususan, Rosstat ma’lumotlariga köra, Rossiyadan MDH davlatlariga 368 ming kişi ketgan, 294 ming kişi esa qaytib kelgan. Migratsiya oqimi 2021 yildagi 111 ming kişiga nisbatan 73 ming kişini taşkil etdi. Uzoq xorij davlatlariga 50 mingdan sal köproq odam jönab ketgan va 27 ming kişi qaytgan – ötgan yilgi 2,5 ming kişilik ösişga nisbatan minus 23 ming kişi.
«Rossiya Federatsiyasidan çiqib ketganlar soni 216,5 ming kişiga yoki 2,1 baravarga, MDHga a’zo davlatlarga emigrantlar - 189 ming kişi hisobiga ham oşgan. Şuningdek, uzoq xorij davlatlariga ketganlar hisobi ham rol öynadi - 27,6 ming kişiga yoki 2,2 baravarga köp», — deyiladi idora xabarida.












