«Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyati va «Rohi ohani Tojikiston» rahbariyati örtasidagi muzokaralar çoğida tegişli kelişuvlar tuzildi. 

«2022 yil 6 sentabrdan boşlab 301/302-sonli Duşanbe-Toşkent-Duşanbe yönalişida qatnovçi xalqaro yölovçi poyezdi çiptasi narxiga qöşimça 20 foiz çegirma taqdim etiladi», — deyiladi «Özbekiston temir yöllari» xabarida. 

Toşkent va Duşanbe örtasidagi poyezd joriy yilning 20 iyun kuni yölga qöyilgan edi. U 10 ta vagondan iborat: 4 ta kupe, 5 ta platskart va vagon-restoran. 

Toşkentdan Duşanbegaça bölgan temiryöl masofasi - 916 km. Poyezd duşanba kuni Duşanbedan jönab, Toşkentga seşanba kuni soat 13:43 da yetib keladi. Seşanba kuni soat 16:15 da Toşkentdan jönab ketadi va çorşanba kuni Duşanbega yetib boradi. 

Platskart uçun çipta narxi 340 670 söm (taxminan 312 somoniy), kupe - 417 040 söm (taxminan 383 somoniy).