Hukumat tegişli qarori bilan Gayane Umerova Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi ijroçi direktori etib tayinlandi.

Prezidentning “Madaniyat va san’atni rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi qaroriga köra, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi amaldagi moliyalaştiriş tartibi va ştatlar soni saqlangan holda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi etib qayta taşkil qilindi.

Jamğarma Vazirlar Mahkamasining Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati tarkibiga kiritildi.

Gayane Umerova 2008 yilda Toşkent şahridagi Xalqaro Vestminster universiteti, 2012 yilda esa Sotheby’s San’at instituti va Mançester universitetini tugallagan. Sotheby’s Auksion uyida, Victoria&Albert muzeyi (Buyuk Britaniya)da hamda Jorj Pompidu markazi (Fransiya)da malaka oşirgan.  

U 2008 yildan 2017 yilga qadar Özbekiston tasviriy san’at galereyasi Körgazmalar va jamğarmalar bölimida yetakçi mutaxassis, 2017-2020 yillarda esa Madaniyat vazirligi huzuridagi San’at va madaniyatni rivojlantiriş jamğarmasi moliya boşqaruvi bölimi boşliği, ijroçi direktor örinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

2020 yildan Madaniyat vazirligi huzuridagi San’at va madaniyatni rivojlantiriş jamğarmasi ijroçi direktori lavozimida işlab kelayotgandi.