Oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş loyihalarini taşkil etiş bilan boğliq xarajatlar bir qismini qoplab beriş böyiça subsidiya Qişloq xöjaligini rivojlantiriş va oziq-ovqat ta’minoti jamğarmasi hisobidan ajratiladi.

Ular quyidagiça miqdorlarda böladi:

  • yangi taşkil etilayotgan istiqbolli loyihalar texnik-iqtisodiy asoslanişini tayyorlaş bilan boğliq xarajatlar 50 foizi, lekin har bir loyiha uçun 100 mln sömdan köp bölmagan miqdorda;
  • yangi taşkil etilayotgan istiqbolli loyihalar infratuzilmasini yaratiş bilan boğliq xarajatlar 50 foizi, lekin har bir loyiha uçun 100 mln sömdan köp bölmagan miqdorda;
  • oziq-ovqat mahsulotlari yetiştiriş va çuqur qayta işlaş sohasiga xorijiy ekspertlarni jalb qiliş bilan boğliq xarajatlar 50 foizi, lekin har bir loyiha uçun 50 mln sömdan köp bölmagan miqdorda.

Loyiha taşabbuskorlari subsidiya oliş uçun Qoraqalpoğiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, viloyat yoki Toşkent şahar Qişloq xöjaligi boşqarmalariga arizalarni yozma yoki elektron şaklda taqdim etadi.