Toşkentda yöl harakati qoidalarini çetlab ötgan haydovçilarga qonuniy çora körildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Olmazor tumani Sebzor köçasida bir qança transport vositalari haydovçilari yöl harakati xavfsizligiga tahdid soluvçi guruh bölib harakatlangani hamda ular yölovçilari maşinadan tana qismlarini çiqargani aks etgan videolavha tarqaldi.
Toşkent şahar IIBB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabariga köra, uşbu holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan, haydovçi va yölovçilarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks tegişli moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirildi.
YHXB ma’lumotida aytilişiça, haydovçi va yölovçilar bilan profilaktik suhbat ham ötkazilgan.












