Cog‘liqni saqlaş vazirining tegişli buyruği bilan Nargiza Mirzoyevna Umarova Toşkent şahar 3-son tuğuruq kompleksi boş vraçi lavozimiga tayinlandi.

N. Umarova 1995 yilda Toşkent pediatriya tibbiyot institutida bakalavr, 1996 yilda şu oliy öquv yurtida internatura, 2001 yilda Respublika ixtisoslaştirilgan akuşerlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida klinik ordinatura bosqiçlarini muvaffaqiyatli tamomlagan. 

Tibbiyot fanlari nomzodi bölgan mutaxassis bunga qadar Respublika perinatal markazida ultratovuş diagnostika şifokori, umumiy bölim şifokori, muassasa qoşidagi Klinik-diagnostika poliklinikasi bölimi mudiri, markazning akuşerlik va ginekologiya böyiça direktori örinbosari kabi qator mas’uliyatli vazifalarda işlagan.