6 sentabr, seşanba kuni Bryusselda bölib ötgan YeI-Gruziya assotsiatsiyasi kengaşining yettinçi yiğilişi iştirokçilar tomonidan tarixiy deb ataldi. Bu Yevropa ittifoqi va Gruziya örtasidagi munosabatlarning yangi bosqiçida unga «Yevropa istiqboli» taqdim etilganidan keyingi birinçi uçraşuvdir. Öz navbatida, Moldova va Ukraina allaqaçon YeIga kiriş uçun nomzod maqomini olgan.
Tbilisi Yevropa ittifoqiga muvaffaqiyatli ötiş uçun sud-huquq tizimini isloh qiliş, qonun ustuvorligi va ommaviy axborot vositalari erkinligi sohalarida köproq sa’y-harakatlarni amalga oşirişi kerak, dedi Yevropa ittifoqi oliy diplomati Jozep Borrel Gruziya delegatsiyasi bilan davra suhbatidan söng ötkazilgan qöşma matbuot anjumanida. Bundan taşqari, u mamlakatda Yevropa ittifoqiga qöşiliş böyiça milliy konsensusga erişilişi va Gruziyaning butun siyosiy spektri YeIga integratsiyalaşuv jarayoniga jalb etilişi kerakligini ta’kidladi. Borrel bu vazifalarni amalga oşiriş uçun asosiy mas’uliyatni hukmron «Gruziya orzusi» partiyasiga yukladi.
Bryussel va Tbilisi örtasidagi muloqotning asosiy mavzulari orasida Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi, şuningdek, Gruziyaning ayirmaçilik kayfiyati mavjud hududlaridagi vaziyat bor. Yevropa diplomatiyasi rahbari YeI Gruziya hududiy yaxlitligiga sodiqligini ta’kidlab, uni kiberxavfsizlik va dezinformatsiyaga qarşi kuraş sohasida alohida qöllab-quvvatlaşga va’da berdi.
Gruziya boş vaziri Irakliy Garibaşvili matbuot anjumanida uning hukumati Yevropa ittifoqining barça mezonlariga rioya qilişga sodiq ekanini hamda barça siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyati bilan işlaşga töliq tayyor ekanini ta’kidladi. Şu bilan birga, u «ayrim radikal siyosiy partiyalar bu jarayonda iştirok etmayotganiga» işora qildi.
U 2008 yilgi uruş tufayli boşlangan «Rossiya bilan mojaro tinç yöl bilan hal etilişi»ga umid bildirdi va Gruziya hududining 20 foizi Rossiya Federatsiyasi tomonidan bosib olinganini eslatdi.
3 mart kuni Gruziya Moldova bilan birgalikda Ukrainadan keyin tezlaştirilgan tartib asosida Yevropa ittifoqiga kiriş uçun ariza topşirdi. Dastlab, Gruziya hukumati 2024 yilda ariza berişni rejalaştirgan edi, biroq Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bosqinidan söng «siyosiy kontekst va yangi voqelik asosida» jarayonni tezlaştirdi, dedi hukmron «Gruziya orzusi» partiyasi rahbari Irakliy Kobaxidze.
23 iyun kuni YeI davlatlari Ukraina va Moldovani tan oldi, lekin Gruziyani YeI a’zoligiga nomzod sifatida tan olmadi. Tbilisi böyiça öşa kuni YeI kengaşi rahbari Şarl Mişel şunday dedi: «Biz ustuvorliklar (Yevropa komissiyasi taklif qilgan şartlar) amalga oşişi bilanoq Gruziyaga nomzod maqomini berişga tayyormiz». Gruziyaga «Yevropa istiqboli» maqomi berildi. Yevropa komissiyasi uning Yevropa integratsiyasi yölida olğa borişi uçun 12 mezondan iborat röyxatni ilgari surdi.












