8 avgust kuni Markaziy boşqaruvning navbatdagi yiğilişida asosiy stavkani yillik  15 foiz darajasida saqlab qoliş töğrisida qaror qabul qilindi.

Regulyator şarhiga köra, içki iqtisodiy şaroitlarda narxlar va yalpi içki talabning şakllanişi bilan boğliq bir qator xatarlar saqlanib qolmoqda.

Ötgan yillarda amalga oşirilgan va joriy yilda davom etayotgan fiskal rağbatlantirişlarning içki narxlarga oşiruvçi ta’sirlari davom etmoqda. Xususan, fundamental omillar hisobiga bazaviy inflatsiya ösuvçi dinamikani hosil qilib, uning umumiy inflatsiyadagi hissasi oşib bormoqda.

Mahsulotlar taklifi bilan boğliq logistik muammolarning saqlanib qolayotganligi va asosiy import mahsulotlari narxlarining yuqori şakllanayotganligi kelgusi oylarda ham iste’mol bozorlaridagi narxlarga oşiruvçi ta’sir körsatişi mumkin. Yilning qolgan qismida asosan nooziq-ovqat tovarlari narxlari böyiça xavotirlar bor. 

Şu bilan birgalikda, kuz oylarida iqtisodiy faollikning yanada jonlanişi va qişloq xöjaligi sohasida daromadlarning mavsumiy oşişi içki iste’mol bozorida yil söngigaça qöşimça talabni şakllantirib boradi. Kuz-qiş mavsumida ayrim yoqilği-energetika mahsulotlari va isitiş vositalariga bölgan talabning ortişi, taşiş va yetkazib beriş xizmatlari narxlarining ösişi böyiça ham xavotirlarni yuzaga keltiradi.

Global iqtisodiyotdagi özgaruvçan vaziyat, xalqaro moliya bozorlarida şaroitlarning qat’iylaştirilişi va inflyatsion jarayonlar natijasida yuzaga kelayotgan noaniqliklar, makroiqtisodiy prognozlar va baholaşlarni amalga oşirişni murakkablaştirmoqda.

Jahonda va savdo hamkorlarida iqtisodiy ösiş böyiça kutilmalar avvalgi prognozlarga nisbatan yomonlaşgan, şuningdek asosiy xomaşyo tovarlari narxlarining ham pasayib boriş trendi kuzatilmoqda. Bu öz navbatida, kelgusida taşqi talab hajmiga ta’sir körsatişi mumkin.

Mavjud inflyatsion jarayonlar, pul-kredit şaroitlari, import inflatsiyasi ta’sirining saqlanib qolayotganligi va yuqori noaniqliklar şaroitida yil yakuni böyiça inflatsiya darajasi 12-14 foizli prognoz koridorining quyi çegarasiga yaqin darajada şakllanişi borasidagi oxirgi prognozlar özgarişsiz qoldirildi.

Avvalroq, avgustda yillik inflatsiya darajasi 12,3 foizni taşkil etgani ma’lum