Hukumat qarori bilan qadimiy yozma manbalar davlat reyestri töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Davlat reyestri qadimiy yozma manbalarni hisobga oliş va ular saqlanişini nazoratga oluvçi hujjat hisoblanadi.
Davlat reyestri elektron va bosma körinişda Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan yuritiladi.
Davlat reyestriga kiritilgan manbalarga oid ma’lumotlar jamoatçilik uçun oçiq bölib, unga 1950 yilgaça yaratilgan yozma yodgorliklar, tarixiy hujjatlar va çop etilgan toşbosma naşrlar kiritiladi.
Muzeylar, kutubxonalar va barça davlat taşkilotlari özlaridagi yozma manbalarga oid ma’lumotlarni Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga majburiy tartibda, boşqa şaxslar esa ixtiyoriy asosda taqdim qiladi.
Yozma manba röyxatdan ötkazilganda guvohnoma beriladi. Yozma manbalar öğirlanganda, yöqotilganda 1 iş kunida huquqni muhofaza qiluvçi organlar va Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga xabar berilişi kerak.











