Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriya Alisher Usmonovga qarshi sanksiyalarni bekor qilish so‘rovini keyinga qoldirdi
Vengriya Yevropa ittifoqiga (YeI) uch nafar rossiyalik milliarder – Alisher Usmonov, Petr Aven va Viktor Rashnikovga nisbatan sanksiyalarni bekor qilish haqidagi iltimosidan vaqtincha voz kechdi.
Foto: Andrey Rudakov / Bloomberg
Politico nashrining yozishicha, Yevropa ittifoqiga raislik qilayotgan Chexiya vengerlar bilan sanksiyalarni uzaytirish jarayonini bloklab qo‘yishdan qochish uchun kelishuvga erishganidan» keyin Budapesht o‘z so‘rovini rad etgan.
Avvalroq Vengriya Yevropa ittifoqiga rossiyalik tadbirkorlar Alisher Usmonov, Petr Aven va Viktor Rashnikovni sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishni so‘rab murojaat qilgani xabar qilingandi. Buning evaziga mamlakat Rossiyaga qarshi Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan keyin joriy qilingan sanksiyalarning uzaytirilishiga to‘sqinlik qilmaslikka va’da berdi.
Yevropa ittifoqi gumanitar yordam uchun istisnolarni kengaytirish Vengriyaga Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tish yo‘llarini yaratish zaruriyatini yuzaga keltirishidan xavotirda.
Politico manbalarining aytishicha, Vengriya avvalroq Rossiya neftiga embargo joriy etishni keyinga surgani fonida, rossiyalik tadbirkorlarni sanksiyalar ro‘yxatidan olib tashlash bo‘yicha talab Yevropa ittifoqining ayrim davlatlarida «g‘azabga sabab bo‘lgan».
Alisher Usmonov, Petr Aven va Viktor Rashnikov Rossiyaning Ukrainadagi jangovar harakatlari boshlanganidan keyin Yevropa ittifoqi sanksiyalari ostida qolgan. Yevropa ittifoqi ularni Kreml bilan chambarchas bog‘liq deb hisoblaydi. Ishbilarmonlar Yevropa ittifoqining Lyuksemburgdagi bosh sudida ularni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritish qaroriga qarshi chiqishmoqda.
Mavzuga oid
13:56 / 10.12.2025
Vengriya va Norvegiya bilan hamkorlikda baliq naslchilik markazlari tashkil etiladi
13:16 / 06.12.2025
OAV: Vengriya Ukrainani moliyalash bo‘yicha YeIning “B rejasi”ni to‘smoqda
09:36 / 05.12.2025
Vengriyaning “smart qishloq” tajribasi Sirdaryoda sinab ko‘riladi
21:24 / 03.12.2025