Jinoyat işlari böyiça Qiziltepa tumani sudi raisi Adiz Avezovning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, fuqaro R.B. navoiylik ayolga özini Alişer deb taniştirib, guruç savdosi bilan şuğullanişini aytgan va uyida bir keça tunab qolişni söragan. U Xorazmdan yuk maşinasida guruç olib kelinayotgani, yukni qabul qilib olişi kerakligini va xarajatlar uçun mayda kupyurali puli yöqligini, yonida bölgan 100 mln söm puli esa katta kupyurali ekanligini aytgan.

Şu tariqa ayolning işonçiga kirgan firibgar unga qora paketga skoçtlab öralgan 100 mln sömni tutqazib, saqlab turişni söragan hamda 18,5 mln söm pulini va bozor narxi 3 mln söm bölgan uyali telefonini olib çiqib ketgan. “Savdogar” qaytavermagaç, u qoldirib ketgan paket oçib körilganida, uning içida 100 mln söm pul emas, 4 ta salfetka borligi ma’lum bölgan.

Sud hukmi bilan R.B. Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Şuningdek, undan ayol foydasi yetkazilgan 21,5 mln söm zararni undiriş belgilangan.