8 sentabr kuni Buyuk Britaniya qiroliçasi Yelizaveta II 96 yoşida olamdan ötdi. U eng uzoq vaqt hukmronlik qilgan monarx böldi: 2022 yozida mamlakatda uning taxtga çiqqanining 70 yilligi keng nişonlangandi. Uning davrida 15 boş vazir özgardi, oxirgisi - Liz Trassni u ölimidan ikki kun oldin tayinlagandi. Yelizaveta II’ning turmuş örtoği, u bilan 74 yil birga hayot keçirgan şahzoda Filipp ötgan yil bahorida 99 yoşida vafot etgandi.

Quyida Yelizaveta II hayotining turli davrlari aks etgan fotojamlanma taqdim etiladi.

Qiroliça Yelizaveta II Buyuk Britaniyani mamlakat tarixidagi barça monarxlardan uzoqroq vaqt boşqardi. U taxtga 1952 yilda çiqqandi.
Yelizaveta 1926 yil 21 aprelida Londonda tuğilgan, u York hersogi Albert va uning rafiqasi ledi Yelizaveta Bouz-Layonning tönğiç qizi bölgan.
Yelizaveta va uning singlisi Margaret uyda ta’lim olgan.
Yelizaveta II butun hayoti davomida ot çopişga qiziqqan. Qiroliça poyga otlari boqiş bilan şuğullangan, bunday tulporlar unga köplab sovrinlar olib kelgan. Suratda: 10 yoşli malika Elizabet amakisi, Gloster hersogi va instruktor bilan Vindzorda ot çopmoqda.
ullstein bild / Getty Images
Qirol Eduard VIII 1936 yilda taxtdan voz keçgaç, 1937 yil 12 mayda uning otasi Albert qirol Georg VI sifatida taxtga çiqadi, Yelizaveta esa taxt vorisiga aylanadi. Georg VI 1952 yil fevralida vafot etguniga qadar taxtda qoladi. Foto: Central Press / Getty Images
Malika Elizabet va Margaret yoş bölişiga qaramay rasmiy marosimlarda qatnaşa boşlagan. 1939 yil 23 iyunda olingan suratda qirol Georg VI qizlari «Kempenfeld» esminetsi bortiga kötarilmoqda. Yelizaveta II umrining oxiriga qadar qirollik majburiyatlarini bajarişda davom etdi. Xususan, ölimidan ikki kun oldin u özining boşqaruvi davridagi 15-boş vazir bölgan Liz Trassni lavozimga tayinladi.