Rossiyada turli darajadagi saylovlar boşlandi. Saxalin oblasti gubernatori Valeriy Limarenko 9 sentabr, juma kuni xabar berişiça, mintaqada Saxalin oblasti dumasi deputatlarini saylaş uçun ovoz beriş boşlandi. «Ertalab birinçi qilgan işim öz saylov uçastkamga borib, ovoz beriş böldi», — deb yozadi Limarenko. 

Rossiyaning aksariyat hududlarida saylovlar uç kun davom etadi va Yagona ovoz beriş kuni, 11 sentabrda tugaydi. 

Xususan, Moskvada 146 ta munitsipalitetdan 125 tasida munitsipal deputatlar saylanişi rejalaştirilgan. 

Ayni paytda, poytaxtda ovoz berişning birinçi soatida 220 mingdan ortiq kişi elektron ovoz berdi, deb yozdi «Exo Moskvy» radiostansiyasining sobiq boş muharriri Aleksey Venediktov Telegram’da. 

Rossiya Markaziy saylov komissiyasi raisi Ella Pamfilovaning ma’lum qilişiça, federal platformada onlayn ovoz berişda yetti mintaqaning 110 625 nafar saylovçisi qatnaşişi mumkin. Moskvada u poytaxt platformasida bölib ötadi. 

Belgorod oblastida ham saylovlar ötkazilişi rejalaştirilgan - «sariq», maksimalga yaqin terrorçilik xavfi darajasiga qaramay. 

Yangilik, xususan, bu safar saylov uçastkalarida ovoz beriş uçun binolar oçilganda Rossiya madhiyasi yangraşi böldi. Markaziy saylov komissiyasi rahbari Pamfilova bu «ruslar irodasiga alohida kuç berişi» kerakligini ta’kidladi. 

Siyosatşunos Mixail Vinogradovga köra, joriy saylovlar köproq texnik xususiyatga ega. «Oşkora siyosatni deyarli taqiqlaş şaroitida nominal iştirokçilar hokimiyat masalasini hal qiliş bilan bevosita boğliq bölmagan özlarining taktik vazifalarini hal qiladilar», dedi u. 

Rossiyalik muxolifatçi siyosatçi Aleksey Navalniy Rossiya xalqini Yagona ovoz beriş kunida iştirok etişga çaqirdi. Vladimir oblastidagi 6-sonli qattiq tartibli koloniyada saqlanayotgan Navalniy nomidan 6 sentabr kuni Twitter’da post çop etildi. 

«Boring va oqilona ovoz bering. 11 sentabr kuni sizda bundan muhimroq iş yöq», - deya ta’kidladi muxolifatçi. Uning qöşimça qilişiça, bu yil uning jamoasi «tavsiyalarni faqat Moskva böyiça» beryapti. 

Aleksey Navalniyning ta’kidlaşiça, tarafdorlari «Putinning barça bloklaş va senzura tizimlarini buziş böyiça ulkan işni amalga oşirgan» va «Aqlli ovoz beriş» tizimiga «erkin va qulay kiriş»ni kafolatlagan. Şu bilan birga, muxolifatçi Rossiya rasmiylari «Aqlli ovoz beriş»ni «ekstremist» deb hisoblaşini eslatdi.