Bunga sabab qilib Samarqandda 15-16 sentabr kunlari ötkaziladigan Şanhay hamkorlik taşkiloti sammiti davomida jamoat joylarida fuqarolar yiğilib qolişi hamda şahar içida transport qatnovini kamaytiriş körsatilgan.

Ma’lum qilinişiça, qoldirilgan dars maşğulotlari soatlari öquv yili davomida beriladigan ta’tillarda ötiladigan darslar hisobidan qoplanadi.

E’tiborlisi, Xalq deputatlari Samarqand şahar kengaşining VI-69-164-7-107-K/22 qarori 2022 yil 31 avgust kuni qabul qilingan bölsa-da, u mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni işlab çiqiş, kelişiş va röyxatdan ötkazişning yagona elektron tizimi — e-qaror.gov.uz portaliga joylanmagan.