Abduqodir Toşqulov oliy ta’lim muassasalaridagi individual masalalar uçun +998970362896 Telegram-raqamiga murojaat qilişni söradi. Muammo örganilişi uçun murojaat qilgan şaxs anonim bölmay, öz ism-familiya, manzili va telefon raqamini qoldirişi talab qilinadi.
Talabalarni turar joy bilan ta’minlaş, ijara va tölov-kontrakt masalalariga bağişlangan matbuot anjumanida OTMlardagi muammolar uçun alohida Telegram-raqam işga tuşganligi ma’lum qilindi.
Oliy va örta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toşqulov talabalar muammolarini örganiş uçun eng sodda usulni yölga qöyayotganini aytdi.
"Botga, murojaatga nisbatan oddiyroqdir, lekin mana şu raqamga Telegram-kanal taşkil qilamiz. Men özim ham uni nazorat qilaman, özim ham ulanaman. Faqat bitta şart – murojaat qilgan şaxs anonim bölsa, javob bermaymiz, körib ham çiqmaymiz. Familiyasi, ismi, kimligi, manzili va telefon raqamini yozadi. Harakat qilamiz telefon qilib javob berişga yoki 10-15ta bir xil yönalişdagi savollar bölsa, şu muammoni hal qilib qöyamiz, şu javob böladi", – dedi vazir.











