Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Charlz III rasman Buyuk Britaniya qiroli deb e’lon qilindi
Buyuk Britaniya taxtining vorislik kengashi Charlz III’ni Buyuk Britaniyaning yangi qiroli deb rasman e’lon qildi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Foto: AP
Proklamatsiyani taxt vorisi shahzoda Uilyam, qirolicha konsorti Kamilla, kengash rahbari, Buyuk Britaniya bosh vaziri Liz Trass va Kenterberi arxiyepiskopi darhol (ustunlik tartibida) imzoladilar.
Marosim meysteridan tashqari barcha ishtirokchilar qora yoki binafsha rangda kiyingan, bu - marhum qirolicha uchun qayg‘u belgisi.
Tomoshabinlarning birinchi qatorida Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vazirlari joy oldi– Jon Meyjor, Gordon Braun, Devid Kemeron, Tereza Mey. Ular bilan birga, Britaniya muxolifati yetakchisi, Leyboristlar partiyasi rahbari Kir Starmer turibdi.
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 8 sentabr kuni 96 yoshida vafot etdi. So‘nggi oylarda Yelizaveta II sog‘ligi tufayli ko‘plab tadbirlarda ishtirok eta olmadi. 2022 yil fevralida u kovidga chalingandi; bahorda qirolicha «harakatlanishdagi epizodik muammolar» tufayli qator ommaviy tadbirlarni o‘tkazib yubordi, iyun oyi boshida esa u o‘zining taxtga chiqishining 70 yilligi munosabati bilan tashkillashtirilgan tantanalarda deyarli qatnashmadi.
Buyuk Britaniyada milliy motam davri boshlandi, Sky News xabariga ko‘ra bu dafn marosimiga qadar davom etadi. Yelizaveta II jasadi Bukinhem saroyiga olib kelinadi va bu yerda besh kun qoladi. O‘limidan besh kun o‘tib uning tobuti Vestminster saroyiga keltiriladi, bu yerda uch kun mobaynida 23 soat uni ziyorat qilishlari mumkin. Dafn marosimi qirolichaning o‘limidan 10 kun o‘tib bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
16:31 / 15.12.2025
Ukraina nomidan Rossiyaga ko‘rsatilayotgan bosim davom etadi – MI6
14:26 / 15.12.2025
Toshkentda chiqindilarni qayta ishlovchi yangi zavod quriladi
08:59 / 11.12.2025
Tramp Yevropa yetakchilari bilan Ukraina yuzasidan keskin bahslashganini aytdi
13:32 / 10.12.2025