Toşkent şahrining Çilonzor tumanidagi hududda quruvçi taşkilot tomonidan 58 tup har xil turdagi daraxtlar qonunga xilof ravişda kesib yuborilgandi.

Boş prokuratura e’lon qilgan xabarda aytilişiça, röy bergan voqea oqibatida tabiatga yetkazilgan 797,7 mln söm zarar quruvçi taşkilot rahbari tomonidan töliq qoplangan.

Şuningdek,  qözğatilgan jinoyat işi doirasida 3 nafar gumonlanuvçi şaxslar Jinoyat-protsessual kodeks 221-moddasi tartibida uşlangan.

7 sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahar Çilonzor tumani Çilonzor köçasida daraxtlar noqonuniy kesilişi böyiça xabar tarqalgandi. 

Davlat ekologiya qömitasiga köra, hudud “Dream House Stroy” MÇJga tegişli ekani ma’lum bölgan. Quriliş uçun ajratilgan hudud jami 0,20 gektar yer maydonidan iborat bölib, şu yil 20 yanvarda ekologiya inspektorlari tomonidan daraxtlar töliq xatlovdan ötkazilib, jami 58 dona har xil turdagi manzarali daraxtlar borligi yuzasidan dalolatnoma rasmiylaştirilgan.

Maxsus işçi guruh tomonidan 8 sentabr tunda olib borilgan örganiş işlari jarayonida “Dream House Stroy” MÇJga tegişli yer maydonidagi jami 58 dona har xil turdagi manzarali va mevali daraxtlar ildiz qismlari bilan birgalikda yöq qilingani aniqlangan.

Ekoqömitaga köra, ösimlik dunyosiga yetkazilgan zarar jami 797 700 000 sömga baholangan.