Tegişli hujjat loyihasiga köra, hukumat ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvçi özgartiriş va qöşimçalar kiritiladi:
- köçmas mulk obektiga bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş va uşbu manzilga mulkdorlarni doimiy röyxatga qöyiş böyiça davlat xizmatlarini bir vaqtda körsatişni yölga qöyiş;
- köçmas mulk ijara yoki tekin foydalaniş şartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qöyiş bilan bir vaqtda fuqarolarni vaqtinça turgan joyi böyiça röyxatga oliş tartibini yölga qöyiş.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi Içki işlar vazirligi, Davlat soliq qömitasi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qömitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birga:
- tegişli vazirlik va idoralarda davlat xizmati öz vaqtida va sifatli körsatilişini ta’minlaş maqsadida axborot tizimlarini özaro integratsiya qiliş çoralarini köradi;
- YaIDXP va tegişli axborot tizimlarida davlat xizmatlari körsatilişi har bir bosqiçida murojaatlar körib çiqilişini kuzatib boriş tartibini joriy etadi.












