1917 yilda Rossiyada sodir bölgan Oktyabr töntarişidan keyin «bolşovoy»larning yolğon va’dalariga işonib, kompartiyaga a’zo bölgan örta osiyolik ziyolilarning qariyb barçasi keyinçalik Stalin qatağonlarida yöq qilingan. Manfur tuzum öziga sadoqat bilan xizmat qilgan insonlarning aksariyatiga rahm-şafqat qilmagan.

SSSR davrida Örta Osiyo xalqlaridan ittifoq miqyosidagi mansabdorlar ança-munçada tayinlanmagan. Tayinlanganlari ham Moskvada emas, çetroqda, masalan, Taşqi işlar vazirligida işlagan. Ana şulardan biri ötgan asrning 20-yillarida Özbekistonda eng taniqli siyosatçilardan biri bölgan Nazir Töraqulov edi.

Oktyabr töntarişidan keyin taşkil etilgan Turkiston ASSRda bir qator yuqori lavozimlarda işlagan, keyinçalik qariyb 10 yil SSSRning Saudiya Arabistonidagi elçisi bölgan Nazir Töraqulovning hayoti ham boşqalarniki kabi fojiali tugaydi. U ham Stalin qatağonlarida nohaq ayblanib qatl etiladi. Aynan uning öldirilişi SSSR va Saudiya Arabistoni örtasidagi diplomatik munosabatlarning uzilişiga sabab böladi.

Foto: wikimedia.org

Nazir Töraqulov haqida

Nazir Töraquloviç Töraqulov 1892 yilda Qöqon şahrida paxta savdosi bilan şuğullanuvçi yirik savdogar oilasida tuğilgan. Boşlanğiç ta’limni Qöqondagi «Jadid» maktabida boşlagan Nazir Töraqulov u yerda Islom dini asoslari bilan birga fors, arab tillarini ham örganadi.

Undan söng tahsilni «rus-tuzem» maktabida davom ettiradi va bu yerda rus tilini özlaştiradi.

Keyin esa ruslar oçgan Qöqon tijorat maxsus maktabida öqiydi. 1914-1916 yillarda Moskva savdo institutining iqtisodiyot bölimida tahsil oladi.

Foto: alamy.com

Imperator Nikolay II ning 1916 yil 25 iyundagi «Imperiyadagi rus bölmagan erkak aholini harakatdagi armiya rayonida mudofaa inşootlari va harbiy aloqa yöllari quriş işlariga jalb qiliş» haqidagi farmoni e’lon qilinadi.

Şundan söng 18 yoşli Nazir Töraqulov ham mardikorlikka olib ketiladi va u Belorussiyaga yuboriladi.

Nazir Töraqulov rus tilini yaxşi bilgani uçun Belorussiyada joylaşgan Ğarbiy front qömitasida instruktor bölib işlaydi va Minskda «Erkin dala» yaşirin taşkilotini tuzadi. Bu taşkilotga, uruşga qarşi va inqilob kayfiyatida bölgan talabalar hamda öqituvçilar a’zo bölgan edi.