Xalqaro olimpiya qömitasi (XOQ) ijroiya qömitasi 9 sentabr, juma kuni «Inson huquqlari böyiça hadli strategiya»ni tasdiqladi. Taşkilot veb-saytida aytilişiça, 50 sahifadan iborat hujjat «XOQ, Olimpiya öyinlari va butun Olimpiya harakati işini tubdan belgilaydi, inson huquqlari öz vakolatlari doirasida himoya qilinişini ta’minlaydi».
Xalqaro olimpiya qömitasi, xususan, «Olimpiya öyinlari ötkaziladigan mamlakatlarni tanlaşda inson huquqlarini himoya qiliş sohasidagi ilğor tajribalarni joriy etişga» va’da bermoqda. XOQ milliy taşkiliy qömitalar bilan inson huquqlarini himoya qiliş sohasida «aniq talablar va qöllab-quvvatlovçi vositalar bilan ta’minlaş» orqali hamkorlik qilişini aytgan.
Hujjatda aytilişiça, XOQning inson huquqlariga sodiqligi Olimpiya musobaqalarining xavfsizligi va inklyuzivligida ham namoyon böladi. Bunga imkoniyati zaif guruhlardagi sportçilarning vakolatlarini kengaytiriş kiradi.
«Inson huquqlari böyiça hadli strategiya» Xalqaro olimpiya qömitasi tomonidan 2022 yilda Pekinda bölib ötgan qişki Olimpiada öyinlari tugaganidan olti oy ötib qabul qilingan. Ularning oçilişini Xitoyda köplab inson huquqlari buzilişi holatlari tufayli bir qator Ğarb davlatlari rahbarlari boykot qildi. Uyğurlar va tibetliklarning, Hongkongdagi muxolifatning muntazam ravişda bostirilişi, öz fuqarolari ustidan kuzatuvning kengaytirilişi, xitoylik tennisçi Pen Şuay bilan sodir bölgan voqea şular jumlasidandir.
1 sentabr kuni BMT Inson huquqlari böyiça oliy komissari boşqarmasi Xitoyning Şinjon-Uyğur avtonom tumanida inson huquqlarining buzilişiga oid hisobotini taqdim etdi. Hisobotda aytilişiça, «uyğur va boşqa asosan musulmon guruhlarga nisbatan ta’qiblar xalqaro jinoyatlar, xususan, insoniyatga qarşi jinoyat bölişi mumkin».
Hisobot e’lon qilinganidan söng jurnalistlar savollariga javob berar ekan, XOQ prezidenti Tomas Bax özi boşqarayotgan taşkilot «jahon hukumati» emasligini va XOQ Xitoy sport rasmiylari bilan «mezbonlik şartnomasi böyiça barça majburiyatlarning bajarilişini ta’minlaş yuzasidan iş olib borganini aytdi».












