Yangihayot tumanida yangi qurilgan “Tashkent Index” savdo-işlab çiqariş majmuasi hududida böş turgan 10 ming örinli bino bir hafta muddatda DXŞ şartlari asosida talabalar uçun turar joyga aylantiriladi.

Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevning şu taklifi asosida, majmua hududidagi yangi savdo dökonlari hozir yotoqxonaga moslaştirib jihozlanmoqda. Hokimlik xonalardan birini show-room sifatida tayyorlagan.

Ortiqxöjayev jurnalistlarga bergan intervyusida talabalar yotoqxona hududida işlaşi mumkinligi haqida gapirdi.

“Viloyatdan kelgan, til biladigan talabalar köp – IELTS'dan 6, 7 darajasini olganlar bor. Prezidentimiz taşabbusi bilan 150-200 mingga yaqin odam Yangihayot tumaniga köçib kelgan, köp domlar qurilgan. Bu yerda yoş oilalar köp va ular farzandlarini tilga öqitişga ehtiyoji katta. Biz agar xorijiy tillarni örgatişni repetitorlik qilib darsdan taşqari işlayman degan talabalar bölsa, şu atrofdagi bolalarga til örgataman desa, biz jihozlarini ham bepul qilib beramiz, joylarini ham qilib beramiz. Mahalladagi oilalar farzandlariga til örgatib talabalar daromad ham olişi mumkin. Yangihayot tumani bolalarida til örganiş imkoniyati böladi. Bunga men bepul imkoniyat yaratib beraman.

Bundan taşqari har dam oliş kunlari bu yerda köngiloçar tadbirlar, konsertlar taşkillaştiriladi. Talabalarga muqobil şaroitlar yaratib beriladi”, – dedi hokim.

Şahar hokimi örinbosari Durdona Rahimovaning aytişiça, 2022 yil rejasiga muvofiq, Toşkent şahrida qurilişi kerak bölgan 11ta yotoqxona qurib bitkazilguniga qadar, savdo majmuasi vaqtinça yotoqxona sifatida berilmoqda.

“Körib turganingizdek, bu – tadbirkorlarning sotib olgan dökonlari. Şu dökonlar bazasida yotoqxonalar taşkil etilmoqda. Bu albatta vaqtinça, lekin talabalarimizning bugun ijaraga uy topolmay, sarsongarçilik, turli stress holatlari oldini oliş, ularning öqişga iştiyoqi sönmasligi, tuşkunlikka tuşmasliklari uçun hamda Toşkent şahrida özlarini qulay his qilişlari uçun barça infrastrukturaga ega yotoq joy bilan ta’minlaş ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Talabalar uçun tayyorlanayotgan joylar vaqtinça bölişiga qaramay, yaşaş, ovqatlaniş, xavfsizlik, salomatlik va transport bilan boğliq masalalar böyiça aniq qulayliklar işlab çiqilmoqda”, – dedi u.