10:15 / 11.09.2022
11920
Jizzaxda Nexia yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
Foto: Jizzax viloyati FVB matbuot xizmati

Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida ikki kishining o‘limi bilan yakunlangan YTH yuz berdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 9 sentabr kuni soat 06:05 larda Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Paxtakor tumani hududidan o‘tuvchi 4R-35 avtomobil yo‘lining 38 kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan.

Do‘stlik—Jizzax yo‘nalishida harakatlanayotgan Nexia qarama-qarshi yo‘nalishdagi GAZ-330 yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Oqibatda Nexia haydovchisi va old o‘rindiqda bo‘lgan yo‘lovchisi og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Voqea joyiga zudlik bilan boshqarma yong‘in-qutqaruv otryadidan qutqaruvchilar bo‘linmasi yetib kelib, ularni maxsus uskunalar yordamida chiqarib olgan.

Mavzuga oid
Top