Superliga 18-turidan örin olgan “Söğdiyona” — “Navbahor” uçraşuvi yakunida köngilsiz voqea kelib çiqqani bir qator sport naşrlari tomonidan ma’lum qilindi. Unga köra, mehmonlar ustozi Samvel Babayan matbuot anjumaniga kiriş çoğida futbol muxlislaridan biri bilan tortişib qolgan. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar bermoqda.
“Mazkur vaziyatga Milliy gvardiya xodimlari ham aralaşgan. Babayanning baland ovozda hunuk sözlar bilan baqirayotganini eşitgan ayrim jurnalistlar matbuot anjumanlari xonasidan köçaga yugurib çiqqan. Bu vaqtda mutaxassis OAV xodimlari holatni tasvirga tuşirmoqda degan fikrda, öz şeriklaridan Championat.asia naşri vakilining telefonini tortib oliş hamda undagi videotasvirlarni öçirib taşlaşni talab qilgan. Şundan keyin Babayanning şerigi hamda ÖzPFL tomonidan şu yilning 26 fevral sanasida ID 140 raqamli akkreditatsiya olgan Farhod Umaraliyev jurnalistning qölidan uning şaxsiy telefonini tortib olib, özboşimçalik bilan undagi materiallarni öçirib taşlagan. Bu harakatlarni vaziyatga guvoh bölgan boşqa naşrlar ham tasdiqladi.
ÖzPFL Reglamentlarida jamoa rasmiylari musobaqalar davomida özlarini qanday tutişlari aniq körsatib ötilgan. Jamoa ustozlari har qanday holatda ham özlarini namuna sifatida körsatişlari şart. Biz futbol va undagi hissiyotlarni hurmat qilgan holda murabbiylarning öyin vaqtidagi emotsiyalarini tabiiy qabul qilamiz va faqatgina juda oşirib yuborilgan vaqtda murabbiy işini tegişli qömitaga oşiramiz. Biroq Samvel Babayan uçraşuv davomida uni tinimsiz haqorat qilgan futbol muxlisi bilan rasmiy tadbirgaça hisob-kitob qilişga urinişi töğri iş emas. Qolaversa, ÖzPFL musobaqalarini yoritib boruvçi jurnalistlarning stadionlardagi faoliyatini “ÖzPFL tomonidan ötkaziladigan tadbirlar va musobaqalarda işlovçi OAV vakillari uçun yöriqnoma” orqali tartibga soladi, ularga şu asosda akkreditatsiya taqdim etiladi. Şundan kelib çiqib, ÖzPFL öz tadbirlarida faoliyat olib borayotgan OAV vakillarini har qanday holatda ham himoya qiladi. Babayan va uning şeriklari tomonidan amalga oşirilgan iş şu tomondan qaralganda na etika normalariga, na Reglamentga va na qonunçilikka töğri keladi.
Yuqoridagilardan kelib çiqib, ÖzPFL Samvel Babayanning mazkur işini Tartib-intizom qömitasiga oşiradi va unga qadar murabbiyning litsenziyasini qaytarib oladi. Şuningdek, qömitada iş körib çiqilayotgan vaqtda jazo yengilroq bölişi uçun “Navbahor” futbol klubi va şaxsan Samvel Babayanni OAV vakillaridan uzr söraşga çaqiradi. Bunga qadar ham matbuot anjumanida köngilsiz voqea keltirib çiqargan, biroq keyinçalik öz aybiga iqrorligidan kelib çiqib, qayta akkreditatsiya berilgan Farhod Umaraliyevning akkreditatsiyasi ham qaytarib olinadi va u ÖzPFL musobaqalari uçun röyxatdan qayta ötkazilmaydi. Mazkur şaxs matbuot anjumanida iştirok etgani aniqlansa, har qanday mezbon klub jarimaga tortiladi”, - deyiladi PFL xabarida.












