Vazirlar Mahkamasining “Sanoat xavfsizligi fidoyisi” kökrak nişonini ta’sis etiş töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi faoliyatida “Sanoat xavfsizligi fidoyisi” kökrak nişoni ta’sis etiladi.
Kökrak nişoni bilan Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi markaziy apparati, hududiy boşqarmalari, kon-texnika inspeksiyalari, böysunuvdagi xöjalik yurituvçi taşkilotlari, sanoat xavfsizligini ta’minlaşda yuqori natijalarni qölga kiritgan xavfli işlab çiqariş obektlari xodimlari, köp yillar (kamida 5 yil) davomida sohalarda samarali iş faoliyatini olib borgan hamda soha rivojiga munosib hissa qöşgan xodimlar taqdirlanadi.
Komissiya xulosasi asosida kökrak nişoni bilan taqdirlaş töğrisidagi qömita raisi buyruği har yili 10 dekabrga qadar çiqariladi. Kökrak nişoni har yili 12 dekabr – Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi qayta taşkil etilgan va davlat bayram kunlari arafasida qömita raisi (yoki boşqa mas’ul şaxslar) tomonidan tantanali tarzda topşiriladi.
Kökrak nişoni bilan taqdirlanganlarga (qömita xodimlariga) bazaviy hisoblaş miqdori ön baravari miqdorida biryöla tölanadigan bir martalik pul mukofoti yoki esdalik sovğalari beriladi. Biryöla tölanadigan pul mukofoti yoki esdalik sovğalari Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi budjetdan taşqari mablağlari hisobidan tölanadi.
Bir şaxs kökrak nişoni bilan bir marta mukofotlanadi. Kökrak nişoni davlat mukofotlaridan keyin kökrak çap tomoniga taqiladi. Kökrak nişoni yöqotilganda va buzilgan hollarda qayta berilmaydi.











