Senatning 32-yalpi majlisida moliya vaziri Timur Işmetov davlat budjetining ijrosi yuzasidan hisobot berdi.
Unga köra, 2022 yilning birinçi yarmida davlat budjeti daromadlari 93 trln sömni taşkil qilgan, bu – ötgan yilning mos davriga nisbatan 18 trln sömga köp.
“Hisobot davrida QQSning 8,3 trln sömi yoki kelib tuşgan mablağlarning 24 foizi soliq tölovçilarga qaytarib berildi. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 9,2 foizga köp”, – dedi vazir.
Işmetovning sözlariga köra, yilning birinçi yarmida foyda soliği tuşumlari 18,6 trln sömni taşkil etgan va ötgan yil darajasida saqlanib qolgan.
Ma’lum bölişiça, foyda soliği tuşumi ösmaganining asosiy sababi – oltin va mis qazib oluvçi korxonalar uçun oşirilgan soliq stavkasining pasaytirilganidir.
“Jumladan, soliq tuşumining 9,5 trln sömi yoki 51 foizi oltin va mis qazib çiqaruvçilar hissasiga töğri kelgan holda, aynan şu foyda soliği tuşumlari satri böyiça ulardan tuşumlar ötgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 trln söm yoki 26 foizga kamaygan. Lekin oltin va mis qazib oluvçi korxonalar böyiça yöqotilgan mazkur foyda soliği davlat budjetiga dividend körinişida undirilmoqda”, – dedi vazir.
Şu bilan birga, yilning birinçi yarmida boşqa taşkilotlarning iqtisodiy faolligi oşib, foyda soliğida 58 foiz ösiş kuzatilgan. Bu korxonalarning YaIMdagi uluşi ötgan yili 1,7 foiz bölgan bölsa, joriy yilning birinçi yarmida 2,4 foizga kötarilgan.
Ma’lumot uçun, Özbekistonda 2022 yildan Yer qa’ridan foydalanganlik uçun (oltindan tortib gazgaça) soliq stavkalari keskin pasaytirilgandi. Kun.uz bu soliq yengilligidan kimlar foyda körişiga oid maqola e’lon qilgandi.












