Britaniyadagi Dorling Kindersley xalqaro naşriyoti sayyohlar uçun möljallangan “Yaxşisi bu yoqqa keling” sayyohlik qöllanmasini çop etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Qöllanmada Özbekiston sayyohlik brendi Buyuk Britaniyadagi elçisi Sofi Ibbotsonning maşhur Registon maydonida joylaşgan va YuNeSKO Butunjahon merosi röyxatidan joy olgan Samarqand uçta ramziy diniy va me’moriy yodgorliklaridan biri -  Tillakori madrasasi haqidagi maqolasi örin olgan.

Muallif Tillakori madrasasini Vatikandagi Avliyo Pyotr soboriga muqobil bölgan tarixiy yodgorlik sifatida ta’riflagan. Şu bilan birga, u "agar gap mutlaq haşamat haqida ketar ekan, közni qamaştiradigan bu madrasa sobordan ustunlikka egadir", deb yozadi.

Maqolada 17 asr örtalarida harbiy qömondon Bahodir Yalangtöş tomonidan bunyod etilgan Tillakori madrasasi tarixi va öziga xosligi haqidagi batafsil ma’lumotlar öquvçilar e’tiboriga havola qilingan. Me’moriy obida nega bunday nomlanişi, u nega barça sayohatçilar e’tiborini tortişi, noyob dizayni va boşqa barça muhim tarixiy ma’lumotlar maqolada öz ifodasini topgan.