Paşinyanning aytişiça, bu raqamlar ortib boradi. Armaniston yetakçisi tongga borib ikki davlat çegarasidagi harbiy harakatlar intensivligi pasayganini aytdi. Paşinyanga köra, Armanistonning murojaati asosida KXŞT doimiy kengaşi yiğiliş ötkazmoqda.
Ma’lumot uçun, 13 sentabrga ötar keçasi Armaniston va Ozarboyjon çegarasida otişma sodir böldi. Ikki tomon vaziyat keskinlaşuvida bir-birini aybladi. Armaniston Xavfsizlik kengaşini çaqirgan Paşinyan kengaşi yiğilişi oldidan Rossiya prezidenti Putinga qönğiroq qildi.
Ozarboyjon tomoni keskinlik boşlanişiga Armaniston tomonidan öt oçilgani sabab bölganini bildirdi. Turk naşrlari öz manbalariga tayanib Ozarboyjon Qoraboğda harbiy amaliyot boşlaşga tayyorlanayotganini yozdi. Hududdagi Rossiya harbiy bazasida ham keskinlik fonida trevoga sirenalari çalingan.













