Senat navbatdagi yalpi majlisida “Taşqi mehnat migratsiyasi töğrisida”gi qonun muhokama qilindi. Ma’lum bölişiça, qonunda qayta körib çiqilişi lozim bölgan köplab masalalar mavjud. 

Senat qonun vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun uyuşgan holda Özbekistondan çiqib ketayotgan fuqarolar özini özi band qilgan şaxs maqomini olgan şaxslarga tenglaştirilişi va ularga nisbatan özini özi band qilgan şaxslar uçun belgilangan soliq soliş va pensiya miqdorini hisoblab çiqariş tartibi qöllanilişi Soliq kodeksi normalariga zid ekanligiga e’tibor qaratgan. 

Şuningdek, qonunda Taşqi işlar vazirligi, Içki işlar vazirligi  va Davlat xavfsizlik xizmatiga taşqi mehnat migratsiyasi sohasida bir xil tusdagi vakolatlar, ya’ni noqonuniy taşqi mehnat migratsiyasiga qarşi kuraşişda iştirok etişlari nazarda tutilgan. 

Özbekiston prezidentining 2018 yil 5 apreldagi PQ–3654-sonli qarori bilan tasdiqlangan Taşqi işlar vazirligi töğrisidagi nizomga muvofiq Taşqi işlar vazirligiga noqonuniy jarayonlar va omillarga bevosita “qarşi kuraşiş” yoki “qarşi kuraşişda iştirok etiş” kabi vazifalar yuklatilmagan. 

Bunday vakolatlar huquqni muhofaza qiluvçi organlar hisoblanadigan Içki işlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatiga mansub ekanligi bois, Taşqi işlar vazirligiga berilayotgan uşbu vakolat doirasi mavhum bölib qolgan. 

Qonun 15 dan ortiq muhim konseptual, mazmuniy hamda tahririy tuzatişlarni talab etişi, unda bir qator yuridik-texnik jihatdan rasmiylaştiriş qoidalariga rioya qilmaslik holatlari, turli imloviy xatoliklar hamda normalar özbek va rus tillaridagi matnlarida özaro nomuvofiqliklar mavjudligi sababli qayta körib çiqiş lozim deb topildi va rad qilindi.