Adliya vazirligida Özbekistonning ayrim fuqarolari tomonidan jinoiy yöl bilan orttirilgan va xorijiy davlatlarga olib çiqib ketilgan aktivlarni qaytariş yuzasidan amalga oşirilayotgan işlar, xususan, joriy yilning 16 avgust kuni Özbekiston Respublikasi va Şveytsariya Konfederatsiyasi örtasida imzolangan G. Karimovaga ilgari tegişli bölgan aktivlarni qaytarişga qaratilgan Restitutsiyaga oid bitim böyiça matbuot tadbiri bölib ötmoqda.

Unda ta’kidlanişiça, Özbekiston Respublikasi va Şveytsariya Konfederatsiyasi huquqni muhofaza qiluvçi organlarining tergov doirasidagi hamkorligi va birgalikdagi keng kölamli sa’y-harakatlari natijasida Gulnora Karimova va uning boşçiligidagi uyuşgan jinoiy guruh a’zolarining aktivlarini musodara qiliş böyiça işlar Şveytsariya sud organlariga oşirilgan.

Undirilişi lozim bölgan jami summa davom etayotgan jinoiy iş jarayoniga boğliq böladi, lekin taqriban 686 million AQŞ dollariga teng.

Uşbu işlar Şveytsariya sudlarida körib çiqilib, taqriban 336 million dollar uzil-kesil musodara qilingan. Şundan 131 mln dollari Özbekistonga qaytişi hal böldi, 205 mln dollar böyiça esa yakuniga yetmoqda. 

Hozirgi kunda, qöşimça taqriban 350 million dollar miqdoridagi mablağlarni musodara qiliş masalasi Şveytsariya sudlarida körib çiqilmoqda.

«Joriy yilning 16 avgust kuni Özbekiston Respublikasi va Şveytsariya Konfederatsiyasi örtasida «Şveytsariya Konfederatsiyasi hududida konfiskatsiya qilingan noqonuniy orttirilgan aktivlarni Özbekiston Respublikasi aholisining manfaatlarida qaytariş yöllari töğrisida»gi bitim imzolandi.

Uşbu bitimning tuzilişiga 2 yil davomida Özbekiston Respublikasining Adliya vazirligi va vakolatli idoralari hamda Şveytsariyaning Taşqi işlar vazirligi va manfaatdor vazirliklari bilan BMT iştirokidagi samarali hamkorlik, şuningdek, puxta amalga oşirilgan işlar va bir neça davralardan iborat muzokaralar bölib ötdi.

Mazkur bitim noqonuniy orttirilgan taqriban 131 mln AQŞ dollariga teng aktivlarni Özbekistonga qaytarişni, qaytarişning asosiy prinsiplari, mexanizm va maqsadlarini belgilaydi.

Xususan, mablağlarni qaytariş Birlaşgan millatlar Taşkilotining Uzbekistan Vision 2030 Fondi deb nomlangan köp şeriklik trast jamğarmasi orqali amalga oşiriladi», deyiladi Adliya vazirligi matbuot kotibining telegramdagi