“Musobaqada sovğa uçun qatnaşdingmi?”

Asakalik Ozoda Ortiqova stol tennis böyiça viloyatda ğolib çiqib, respublika bosqiçida 2-örinni olgan. U Kun.uz muxbiri bilan suhbatda aytişiça, sovğalarni sörab hokimiyatga, prokuraturaga va boşqa taşkilotlarga murojaat qilgan.

“Bir neça bora murojaat qildim. Bir haftadan keyin, uç kundan keyin, ön kundan keyin deb haligaça sovğalarimizni berişmadi. Men-ku respublikada örin olib, oilamga nimadir olib kirdim. Ammo atrofimdagi bir neçta sportçilar sovğalarini olişolmadi”, – deydi u.

Foto: Yoşlar işlari agentligi Andijon viloyati boşqarmasi

“Asaka tumani hokimining oldiga borib, medalimni körsatib, tuman şa’nini himoya qilib kelganimni, buning evaziga rağbatlantiriş tugul özimga tegişli bölgan sovğalarni berişmayotganini aytdim. Biroq hokim: “Musobaqalarda sovğa uçun qatnaşdingmi?” deb javob qaytardi. Axir biz tuman şa’ni uçun kuraşdik-ku”, – deydi Ozoda Ortiqova.

Beş taşabbus olimpiadasiga işonç susaygan

Ismi sir qolişini söragan yoşlar yetakçilaridan biri mazkur musobaqaning ikkinçi bosqiçida iştirok etiş istagidagi yoşlarning işonçi susayganini aytadi.

“Ğoliblarga sovğalar vaqtida berilmagaç, ularning iştirok etiş iştiyoqi ham susaydi. Musobaqalarda asosan uyuşmagan yoşlar qatnaşgan edi. Farzandi kiçik bölsa-da, borib qatnaşgan ayollarimiz bor edi. Ular ham oilasiga quruq qöl bilan kirişgan. Endi musobaqalarda iştirok etinglar deb aytgani ham uyalyapmiz”, deydi yoşlar yetakçisi.

Foto: Yoşlar işlari agentligi Andijon viloyati boşqarmasi

“Bugunoq egalariga yetkaziladi”

Suriştiruvimiz ortidan bugun, 14 sentabr kuni viloyat hokimligi kotibiyat mudiri Elyorbek Xolmirzayev ğoliblarga sovğalar tayyorligi, “bugunoq egalariga yetkazilişi”ni aytdi.

“Sovğalar tayyor, omborda turibdi. Biz viloyatda katta tadbir qilib bermoqçi edik. Sportçilarni bir joyga jamlaş imkoni bölmadi. Şuning uçun sovğalar vaqtida egalariga yetkazilmasdan qoldi. Bugundan qolmasdan tumanlar orqali sovğalar egalariga yetkaziladi”, – dedi Elyorbek Xolmirzayev.