Rossiya yaqin kelajakda Yevropa ittifoqi tomonidan unga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar bekor qilinişiga umid qilmasligi kerak, dedi Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayyen. «Sanksiyalar uzoq davom etişiga heç qanday şubha qoldirmoqçi emasman. Rossiya iqtisodiyoti aloqalarni yöqotişi uçun javobgarlik Moskvada. Bu Putin tanlagan ölim va yöq qiliş yölining bahosi. Putin yutqazadi, Yevropa esa ğalaba qozonadi», - dedi fon der Lyayyen 14 sentabr, çorşanba kuni Strasburgda Yevropa ittifoqining holati haqida sözlagan nutqida.
Yevrokomissiya rahbari Yevropa ittifoqi tomonidan Rossiyaga nisbatan joriy qilingan jazo çoralarini dunyodagi eng qattiq çeklovlar deb atadi. Uning ta’kidlaşiça, Yevropa birinçi kundanoq Ukraina tomonida bölgan va kelajakda ham uning tomonida qoladi. Yevropa Ukrainaga qurol-yaroğ, moliyaviy kömak beriş va ukrainalik qoçqinlarni qabul qiliş orqali yordam berdi, dedi Ursula fon der Lyayyen. «Yevropa jamoasi allaqaçon 19 milliard yevro miqdorida moliyaviy yordam körsatdi», dedi u va bu yordamda qurol yetkazib beriş hisobga olinmaganini ta’kidladi.
Energetika inqirozi şaroitida yevropaliklarning moliyaviy yukini kamaytiriş uçun Ursula fon der Lyayyen energiya kompaniyalarining öta yuqori daromadlarini iste’molçilar foydasiga qayta taqsimlaşni nazarda tutuvçi qonun loyihasini ilgari surdi. «Bizning taklifimiz a’zo mamlakatlarga inqirozning salbiy oqibatlarini yumşatiş uçun 140 milliard yevrodan ortiq mablağni ta’minlaydi», — dedi Yevrokomissiya rahbari.
Ayni paytda gaz narxi yuqoriligi sababli elektr energiyasi narxi ham kötarilmoqda. Quyoş, şamol, yadro va kömirdan olinadigan arzon elektr energiyasi işlab çiqaruvçilar ham uni yuqori narxlarda sotiş imkoniyatiga ega.
Fon der Lyayyen tomonidan taqdim etilgan qonun loyihasida gazdan elektr energiyasi işlab çiqarmaydigan kompaniyalar megavatt/soat uçun 180 yevro miqdoridagi ortiqça foydani davlatga çegirib taşlaşlari kerakligi körsatilgan. Bundan yiğilgan mablağlar iste’molçilarni qöllab-quvvatlaş tadbirlarini moliyalaştirişga yordam beradi.













