Samarqandda Eron taşqi işlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon va ŞHT boş kotibi Çjan Min Eronning taşkilotga tölaqonli a’zo böliş töğrisidagi hujjatni imzoladi.

Abdullohiyonning sözlariga köra, yaqinda Eronning ŞHTga a’zo bölişi jarayoni bilan boğliq barça hujjatlar mamlakat vazirlar mahkamasi tomonidan ma’qullangan va körib çiqiş hamda yuridik jarayonlar uçun parlamentga yuborilgan.

«Bundan buyon turli iqtisodiy, savdo, tranzit va energetik hamkorlikning yangi bosqiçiga qadam qöydik», - deb ta’kidladi u.

ŞHT boş kotibi Çjan Min bugungi kunni Eron va taşkilot uçun muhim kun deb atadi.

"Eron Islom Respublikasining mintaqadagi kuçli va barqaror mamlakat sifatidagi holati ŞHT uçun muhim hisoblanadi. Eronning a’zo mamlakatlar guruhiga qöşilişi Şanhay hamkorlik taşkilotini mustahkamlaydi”, - dedi u.

Eronning taşkilotga tölaqonli a’zo böliş jarayoni 2021 yilda boşlangandi. 

ŞHTning navbatdagi sammiti Samarqandda, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida bölib ötmoqda.