AQŞ prezidenti Jo Bayden hozirda AQŞning Armanistondagi diplomatik missiyasini boşqarayotgan Linn Treysini Rossiyadagi navbatdagi elçi etib tayinlaşni rejalaştirmoqda. Bu haqda 14 sentabr, çorşanba kuni vaziyatdan xabardor suhbatdoşlariga tayanib, CNN ma’lum qildi. 

Bu ma’lumotni AP va Reuters agentliklari manbalari ham tasdiqladi. Hozirça bu xabarlarning rasmiy tasdiği yöq. 

Bayden ma’muriyati Treysi tez orada Moskvada iş boşlaşiga umid qilmoqda, deya ta’kidlaydi CNN. Treysining kelişi va rasmiy tayinlaniş vaqti Rossiya uni elçi sifatida qabul qilişga rozi böladimi-yöqligiga boğliq. Manbalarga köra, Vaşington Rossiyani öz tanlovi haqida xabardor qilgan. Umumiy qoidaga köra, mezbon davlat tanlangan elçini rasmiy tayinlanişdan oldin tasdiqlaydi. 

AQŞning Rossiyadagi elçisi Jon Sallivan Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi munosabati bilan ikki davlat örtasidagi ziddiyat kuçaygan bir paytda öz lavozimini tark etdi. U 4 sentabr kuni Moskvadan jönab ketdi. Sallivanning örniga yangi elçi kelguniga qadar Elizabet Rud AQŞning Moskvadagi elçixonasida muvaqqat işlar vakili vazifasini bajarib kelmoqda. 

Rus tilini biladigan Linn Treysi diplomatik xizmat xodimi hisoblanadi. 2019 yilda Yerevanda elçi sifatida qasamyod qilişdan oldin u Davlat departamentining Yevropa va Yevrosiyo masalalari böyiça byurosida Rossiya böyiça katta maslahatçi lavozimida işlagan. 2014 yildan 2017 yilgaça Treysi AQŞning Moskvadagi elçixonasi rahbari örinbosari bölgan. U avval Markaziy va Janubiy Osiyoda turli diplomatik lavozimlarda işlagan. 

Agar Treysi Rossiyadagi elçi etib tasdiqlansa, u AQŞning Moskvadagi elçixonasini boşqaradigan birinçi ayol böladi.