Bugun, 15 sentabr kuni Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif Şanhay hamkorlik taşkiloti davlat rahbarlari kengaşi majlisida iştirok etiş uçun amaliy taşrif bilan Samarqand şahriga yetib keldi.
Uni aeroportda Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov va boşqa rasmiy şaxslar kutib oldi.
Pokiston hukumati rahbari Hazrati Xizr majmuasiga borib, mamlakat birinçi prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Bundan taşqari, 15 sentabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko amaliy taşrif bilan mamlakatga keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov va boşqa rasmiy şaxslar kutib oldi.
Aleksandr Lukaşenko Hazrati Xizr majmuiga taşrif buyurib, Özbekiston birinçi prezidenti qabriga gul qöydi.
Taşrif dasturida Özbekiston prezidenti bilan uçraşiş va ŞHTning Samarqand sammiti tadbirlarida iştirok etiş ham közda tutilgan.
Şuningdek, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Şanhay hamkorlik taşkiloti sammitida faxriy mehmon sifatida iştirok etiş uçun 15 sentabr kuni mamlakatga keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov va boşqa rasmiy şaxslar kutib oldi.
Ilhom Aliyev Hazrati Xizr majmuasida bölib, birinçi prezident Islom Karimov qabriga gul qöydi.












