Samarqandga kelişga uzoq tayyorlandik. Ammo yölga çiqişdan oldin şaharda mehmonxona tanqisligi, transport harakati çeklanayotgani haqida eşitib, “buyoği qanaqa bölarkin” deb öylaganimiz ham rost. Lekin hammasi butunlay boşqaça ekan.
Birinçidan, dastlab Samarqandga avtobusda keliş rejalaştirilgan edi, keyinçalik OAV vakillari uçun alohida "Afrosiyob" poyezdi taşkil qilindi.
Ikkinçidan, köpinça katta xalqaro tadbirlarda hamma mas’ullar çet ellik jurnalistlar bilan ovora bölib, özimiznikilar haqida unutib qöyişardi. Lekin bu safar özimizning qoraköz hamkasblarimiz ham e’tibordan çetda qolişmadi, hammaga teng imkoniyatlar yaratildi.
Uçinçidan, jurnalistlar uçun mehmonxona ham, transport ham, yegulik masalalari ham yaxşi taşkil qilingan.
Törtinçidan, hamma matbuot markazlari keragiça kompyuter va yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlangan. Oçiği, noutbuklarimiz hali bunaqa tezlikdagi internetni körmagan ham edi. Bu tezlikdan hatto Özbekiston haqida turli tasavvur bilan kelgan xorijiy jurnalistlar ham hayron bölişyapti. Mana, istasa qilsa bölar ekan-ku.

Va nihoyat, beşinçidan va asosiysi, jurnalistlarning yölini heç kim tösmayapti. Tekşiruvlar ham oldingidek emas, hamma bizga kulib qaragan, xuşmuomala. Bölarkan-ku?!
Çetdan qaraganda, bu oddiy narsalar tuyilişi mumkin. Lekin 600 kişiga bir neça kun davomida şaroit qiliş, köngliga qaraş, zarur muhit yaratib beriş oson emas. Şu jarayonlarning boşida turgan, şaroit yaratayotgan mas’ullarga katta rahmat deyman. Bardavom bölsin!
Yana bir gap. Prezident faoliyatini yorituvçi "pul"dagi hamkasblarimiz bilişadi, har safar oliy darajadagi tadbirlarda telefonimizni olib qöyişardi. Biroq bu safar negadir telefonlarga tegişmadi. Hamma xursand!
Abror Zohidov, Kun.uz muxbiri, Samarqand.













