Şvetsiya boş vaziri Magdalena Andersson 14 sentabr, çorşanba kuni mamlakatdagi parlament saylovlarida mağlubiyatga uçraganini tan olib, iste’foga çiqiş niyatida ekanligini ma’lum qildi. 
 
Şvetsiyada 11 sentabr kuni bölib ötgan parlament saylovlarida ovozlarning 99 foizdan ortiği sanab çiqilgaç, Mö’tadil koalitsiya partiyasi yetakçisi Ulf Kristersson atrofidagi törtta öng blok Andersson va uning Sotsial-demokratik partiyasi atrofida taşkil etilgan söl markazçi blok ustidan kiçik farq bilan ğalaba qozondi. Dastlabki ma’lumotlarga köra, parlamentdagi 349 örindan önglar (Mö’tadil koalitsion partiya, Liberal partiya, Xristian-demokratik partiya va «Şvetsiya demokratlari») 176 öringa ega böldi, 173 örinni söl partiyalar vakillari egalladi.

Matbuot anjumanida sözga çiqqan Andersson bu «kiçik köpçilik, ammo şunga qaramay köpçilik» ekanligini ta’kidladi. «Ertaga men boş vazirlikdan iste’foga çiqiş töğrisida ariza beraman, jarayonni davom ettiriş mas’uliyati spiker va riksdag (Şvetsiya parlamenti – tahr.) zimmasiga ötadi», dedi u va yangi hukumatda Sotsial-demokratlar muxolifat partiyasiga rahbarlik qilişini qöşimça qildi. Yangi hukumat şakllanişi davrida Andersson ötiş davri kabinetiga rahbarlik qiladi. 

Boş vazirlikka ehtimoliy nomzod sifatida körilayotgan Kristersson allaqaçon yangi hukumatni şakllantirişni boşlab yuborganini aytdi. 

Kristersson blokidagi tört partiya oxir-oqibat yangi hukumatda hamkorlik töğrisida kelişib oladimi yoki yöqmi, hozirça noma’lum. Biroq, ovoz beriş natijalari şuni körsatadiki, bir vaqtlar marginal öng qanot populistik «Şvetsiya demokratlari» birinçi marta Skandinaviya qirolligi hukumatiga kirişi mumkin. Saylovda iştirok etib, an’anaviy öng qanot partiyalari – Mö’tadil koalitsiya, Liberal va Xristian-demokratlar – öta önglar kömagida mamlakatni boşqarişga tayyor ekanliklarini bildirdi. 

Mutaxassislarning fikriça, migratsiya siyosatini qat’iylaştiriş tarafdori bölgan «Şvetsiya demokratlari»ning ommalaşib borayotgani Şvetsiyaga migratsiya oqimi kuçayişi bilan bir vaqtga töğri keldi. Aholisi 10 milliondan sal kam bölgan bu Skandinaviya davlati sönggi ön yil içida yarim millionga yaqin boşpana izlovçini qabul qilgan.