Qayd etilişiça, joriy yil 10 avgust kuni N.B. va Z.A. Şayxontohur tumani Janggoh mavzesida jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimasdan özaro janjallaşib, jamoat tartibini buzişgan. 

Holat yuzasidan ötkazilgan tekşiruv jarayonida fuqaro N.B. çaqirilgan vaqtda içki işlar organlari xodimining IIBga körsatilgan muddatda keliş töğrisidagi qonuniy talablarini bajarmagan. 

Yuqoridagi holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks 183-moddasi va 194-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan hamda körib çiqişlik uçun jinoyat işlari böyiça tuman sudiga taqdim etilgan. 

“Biroq, N.B. bir neça marotaba sud tomonidan çaqirtirilgan bölişiga qaramasdan sababsiz sud majlisiga kelmagan. Sud tomonidan uni majburiy keltiriş qarori çiqarilgan”, deyiladi IIBB xabarida.

Bildirilişiça, joriy yil 9 sentabr kuni fuqaro N.B. IIO xodimlari tomonidan majburiy tartibda sudga olib ketilayotgani holati videoda aks etgan.

Jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tumani sudi tomonidan fuqarolar N.B. va Z.A.ga nisbatan 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Xodimlar harakati yuzasidan prokuratura tomonidan tekşiruv ötkazilmoqda.