Bu dunyodagi eng maşhur qimmatbaho toşlardan biriga işora edi. Köhinur olmosi ona-qiroliça nomi bilan tanilgan Yelizavetaning volidasi uçun yasalgan tojdagi 2800 ta qimmatbaho toşdan biridir. Uning ölçami 105 karatga teng bölib, tojdagi boşqa toşlardan yaqqol ajralib turadi. 

Hindiston ahli Köhinur britaniyaliklar tomonidan noqonuniy qölga kiritilgan, şu sababli qaytarilişi lozim deb hisoblamoqda. 

Ona-qiroliça Yelizavetaning Köhinur bilan bezatilgan toji
Foto: Getty Images

Köhinur tarixi 

Köhinur – (Köhi nur – forsça, «Nur toği») tarixdagi eng maşhur olmos va brilliant bölib, Britaniya qirollik oilasi xazinasiga kiruvçi eng katta qimmatbaho toşlardan biridir.  

U Hindistonning hozirgi Andhra-Pradeş hududida, XII-XIV asrlar oraliğida, Kakatiyan sulolasi hukmronligi davrida qazib olingan. Uning sayqallanmagan oğirligi 793 karat bölgan deb hisoblanadi. 

Köhinurning nusxasi Kalkuttadagi matbuot anjumanida namoyiş etilmoqda (2002 yil) 
Foto: Getty Images

Köhinur haqidagi dastlabki yozma ma’lumotlar XVI asrga borib taqaladi. 1526 yilda Hindistonga yuriş qilgan Bobur va uning öğli Humoyun Panipat jangida roja Bikeramit askarlarini mağlub etişadi. Uning xotini esa barça xazinalarini, şu jumladan Köhinurni ham Humoyunga topşiradi.  

Keyinçalik qimmatbaho toş forslar va afğonlar qöliga ötadi. XIX asrda sikhlar maharojasi Ranjit Singh uni afğon hukmdori Şuja Durroniydan tortib olib, Hindistonga qaytardi.  

XIX asr örtasida Hindistonning Panjob viloyati Buyuk Britaniya tomonidan annexia qilinadi. «Ist Indiya» kompaniyasi esa 10 yoşli maharoja Danjip Singhni öz yerlari va mulklaridan voz keçişga majbur qilib, qimmatbaho toşni ham qölga kiritadi. 

Söngra kompaniya Köhinurni qiroliça Viktoriyaga sovğa qiladi. Uning turmuş örtoği, şahzoda Albert toşni qayta sayqallaşni buyuradi. Şundan söng olmos qiroliça Aleksandra va qiroliça Mariya tojini bezaydi. 1937 yilda esa ona-qiroliça tojiga örnatiladi.