Şanhay hamkorlik taşkiloti (ŞHT) Belarusga tölaqonli a’zolik maqomini beriş tartibini boşlaşga qaror qildi. Bu haqda 16 sentabr, juma kuni Samarqandda bölib ötgan ŞHT sammitida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev ma’lum qildi. Öz navbatida, Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenko Minsk ŞHTga a’zo böliş masalasida «bir ovozdan qöllab-quvvatlanganini» aytdi.
Belarus 2022 yil iyul oyida uşbu taşkilotga kiriş uçun rasmiy ariza topşirgan. U 2010 yildan ŞHTning hamkori, 2015 yilda esa kuzatuvçi maqomiga ega böldi.
Bundan taşqari, 15 sentabr kuni Eronning ŞHTga a’zo bölişi töğrisida memorandum imzolandi va beş davlat – Bahrayn, Maldiv Respublikasi, Kuvayt, Birlaşgan Arab Amirliklari hamda Myanmaga muloqot böyiça hamkor maqomini beriş töğrisida qaror qabul qilindi.
15 sentabr kuni Samarqandda oçilgan ŞHTga a’zo davlatlar rahbarlari ikki kunlik sammiti taşkilotning 2019 yildan buyon ilk yuzma-yuz uçraşuvi böldi.
Şanhay hamkorlik taşkilotiga a’zo ikki davlat – Tojikiston va Qirğiziston örtasida hal etilmagan çegara masalalari yuzasidan vaqti-vaqti bilan mojaro kuzatilyapti. Oxirgi bunday töqnaşuv 14 sentabr kuni ikki davlat çegara qöşinlari özaro öq uzganida kuçaydi. Öşandan beri Qirğiziston va Tojikiston çegarasida töqnaşuvlar davom etmoqda.
16 sentabr kuni tuşdan keyin OAV Qirğiziston va Tojikiston öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişgani haqida xabar tarqatdi.













