Prognozlaştiriş va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari Toşkent şahri tumanlaridagi köp qavatli uylarda ijara narxlari qanday ekanini tahlil qildi.
Qayd etilişiça, poytaxtda örtaça ijara narxi 339 dollarga teng. Ijara narxlari böyiça eng past narx Sergeli va Olmazor tumanlarida, eng baland narx esa Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida qayd etilgan.

Ijara biznesining daromadliligi (rental yields - uyni ijaraga beriş orqali bir yilda olinadigan daromad) Toşkent şahri uçun 10 foizni taşkil etadi.Taqqoslaş uçun, bu raqam Ruminiyada 6 foizni, Polşada 5 foizni, Germaniyada 3 foizni, Turkiyada esa 2 foizni taşkil etadi. Hozir Toşkentda köçmas mulkni ijaraga berişdan olinadigan daromad örtaça bank valuta depozitlari tuşumidan (3,4 foiz) uç baravar köproq. Bu esa jamğarmalarni köçmas mulkka sarflaş va uni ijaraga beriş valutada depozit körinişida saqlaşdan köra foydaliroq ekanligini körsatadi.

Xonadon va ijara narxi nisbati (price/rent ratio) körsatkiçi Toşkent uçun 10 yilni taşkil etadi. Bu körsatkiç Turkiyada 52 yilga, Germaniyada 34 yilga, Polşada 18 yilga, Ruminiyada 17 yilga teng. Demak, Toşkentda şaxsiy uyga egalik qiliş ijarada turişga qaraganda arzonroq. Bu esa tabiiy ravişda odamlarda ijarada turişdan köra öz uyiga ega böliş istagini kuçaytiradi.
Toşkent şahri markazidagi xonadonning örtaça narxi YaIMning kişi boşiga töğri keladigan uluşidan (price/GDP per capita ratio) 50 barobar köp. Bu körsatkiç Ukrainada 158 barobar, Rossiyada 87 barobar, Buyuk Britaniyada 66 barobar, Şveytsariyada 20 barobar, Germaniyada 17 barobar, Lyuksemburgda 5 barobarni taşkil etadi. Bu umumiy hisobda odamlarning xarid qobiliyati past yoki yuqoriligini körsatadi.
The Economist naşrining ma’lum qilişiça, uyga egalik qiliş körsatkiçi qançalik yuqori bölsa, uy bozorida narxlar şunçalik özgaruvçan böladi. Masalan, Şveytsariyada uyga egalik qiluvçilar uluşi 3 foiz, Buyuk Britaniyada 60 foiz atrofida. Şunga mos ravişda Şveytsariyada uy narxlari 1970 yildan 2019 yilgaça 70 foizga, Buyuk Britaniyada esa 346 foizga oşgan.
Bundan taşqari, ijarada turiş körsatkiçining oşişi makroiqtisodiy körsatkiçlarga ham ta’sir etadi. Masalan, AQŞda uyga egalik qiliş körsatkiçi oşgani sayin işsizlik darajasi ham oşgan. Bu bir tomondan odamlarda boşqa joyga köçiş xohişi yöqolişi, ikkinçi tomondan esa iş örinlari mavjud joylarga köçib ötiş qimmatlaşişi bilan boğliq.












