Kun.uz saytida Farğona şahrida joylaşgan supermarket yonida gul sotib yolğiz qizini oliygohda öqitgan va halol mehnati ortidan pul jamğarib Umraga ketgan ayol haqida maqola va videolavha e’lon qilingan edi.
Umra safaridan qaytgan sodda va samimiy gulçi ayol Dilfuzaxon opa Qöziyeva öz taassurotlarini Kun.uz muxbiri bilan örtoqlaşdi.
“Oyoq-qölim, közim bilan borib körganimga şukrlar deyman. Mehnat qilsangiz uning ortidan albatta rohatini körasiz. Men şunga iqror böldim. Natijasini, kamolini his qilyapman.

Umra safariga ketiş oldidan “Toşkent pitakdan” poytaxtga qizim va opam kuzatib qöydi. 15 avgust kuni tong sahar 7:00 atrofida samolyotga ötirdik. Sumkalar bilan ketyapman-u, lekin haqiqatan buyuk safarga ketayotganimga haliyam işonmayman. Samolyotga birinçi marta çiqqanim uçun hayajon bosdi.
Avval Dubayga qöndik. Undan keyin Saudiya Arabistonining Jidda şahriga tuşdik. Jidda şahridan avtobusga çiqib yölga tuşdik. Özim bilan birga patir non va olma olgan edim. Hamrohlarimga uni ulaşdim. Tong sahar 4:00 ga yaqin Madinaga yetib keldik. Osmonöpar binolarni körib boşim aylandi. Yuzimga Madinaning issiği urildi.

Gözal masjidlarda yurt, mahalla-köy tinçligi uçun duoda böldik. Biz borgan paytda prezidentimiz ham öşa yoqda ekan. Meni xursand qilgan narsa: hamma joyda ehson qilinib, suv, xurmo va şirinliklar tarqatilgani böldi. Öz yurtimga borib bir yilda bir marta bölsa ham kuçim yetganiça juma namozlaridan çiqqanlar uçun ehson qilişlikni astoydil niyat qildim.

Ibodatni qilib bölib oşxonada tanovul qilib ötirganimizda qaşqadaryolik 70 yoşli erkak bilan gaplaşib qoldim. Uning yuzidan nur yoğilardi. Notaniş erkak Umra safariga velosipedda kelgan ekan. Suhbatdoşim 500 dollarga viza qiliş uçungina pul sarflagan bölib, yöl-yölakay saxovatli insonlar kömagi bilan şu yergaça yetib kelgan ekan. U inson menga nafl namozlarni köp öqişni maslahat qildi.














