2020 yil 20 aprelda Şavkat Mirziyoyev rahbarligida sanoat, quriliş va infratuzilma tarmoqlari korxonalarining töliq işlaşini ta’minlaş masalalariga bağişlab ötkazilgan videoselektorda Termiz davlat universitetining budjetdan taşqari mablağlari hisobidan Axborot texnologiyalari fakultetiga möljallangan zamonaviy bino quriş taklifi ma’qullangan va bu loyihani amalga oşiriş böyiça tegişli topşiriqlar berilgan edi. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 avgustdagi «Termiz davlat universiteti qoşida Axborot texnologiyalari fakultetining öquv binosini quriş töğrisida»gi farmoyişiga asosan Termiz şahri Alişer Navoiy köçasida yangi bino quriş işlariga start berilgandi. 

Yangi öquv yili araqasida fakultet binosining tantanali oçiliş marosimi ötkazildi. Unda Oliy va örta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toşqulov, Surxondaryo viloyati hokimi Töra Bobolov, universitet jamoasi, faxriy ustozlar, madaniyat va san’at vakillari, talaba yoşlar iştirok etişdi. Tadbirda sözga çiqqanlar ilk bor oliy ta’lim ostonasiga qadam qöygan talabalarni tabriklab, yangidan barpo etilgan uşbu öquv binosi ularning bilim olişlari uçun muhim ahamiyatga ega ekanligini aytib ötişdi. 

Ramziy lentalar kesilganidan söng, talabalar uçun yaratilgan şaroitlar bilan yaqindan tanişildi. Kampus qurilişidagi zamonaviy köriniş, puxta öylangan arxitektura, gözal tabiat manzarasi, öquv jarayoni uçun yaratilgan qulayliklar ta’lim sifatining oşişiga xizmat qiladi. 

Bino yetti qavatli bölib, talabalar siğimi 1850 nafarni taşkil etadi. Şuning bilan birga 176 nafar professor-öqituvçilar va işçi-xodimlar faoliyat olib borişi közda tutilgan. Binoda 51 ta öquv auditoriyalari, sakkizta kompyuter xonasi, bitta kutubxona, uçta 100 nafar talabani siğdira oladigan ma’ruza zali, bitta kengaş ötkaziladigan zal, töqqizta laboratoriya hamda ma’muriy xonalar mavjud. 

Barça kompyuterlar internet tarmoğiga ulanib, Wi-fi zonalari taşkil qilindi. Har bir auditoriya zamonaviy smart doska bilan ta’minlandi. Talabalarning puxta bilim olişlari uçun zarur şaroitlar yaratildi.