“Ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks 179-6 va 179-7-moddalar bilan töldiriladi.
179-6-moddaga köra, yuridik şaxs mansabdor şaxsi yoki muassisi (iştirokçisi) yoxud yuridik şaxs mulkdori, jismoniy şaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor haqiqatga töğri kelmaydigan ma’lumotlar va hujjatlarni taqdim etişi, buxgalterlik hisobotlarini buzib körsatişi yoki öz tölovga qobiliyatsizligini boşqaça tarzda qasddan yaşirişi kreditorlarga zarar yetkazilişiga sabab bölsa – yuridik şaxs mansabdor şaxsi yoki muassisi (iştirokçisi) yoxud yuridik şaxs mulkdori, jismoniy şaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarga bazaviy hisoblaş miqdori 50 baravaridan 150 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
179-7-moddaga köra, soxta tölovga qobiliyatsizlik, ya’ni yuridik şaxs mansabdor şaxsi yoki muassisi (iştirokçisi) yoxud yuridik şaxs mulkdori, jismoniy şaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor öz majburiyatlarini iqtisodiy jihatdan bajara olişi haqida bila turib, pul majburiyatlari böyiça kreditorlar talablarini qanoatlantiriş va (yoki) soliq hamda yiğimlar böyiça öz majburiyatini töliq hajmda bajara olmasligi töğrisida e’lon berişi kreditorlarga zarar yetkazilişiga sabab bölsa — yuridik şaxs mansabdor şaxsi yoki muassisi (iştirokçisi) yoxud yuridik şaxs mulkdori, jismoniy şaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar bazaviy hisoblaş miqdori 50 baravaridan 150 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Fuqarolik kodeksi 26-1-modda bilan töldiriladi. Unga köra, jismoniy şaxs, pul majburiyatlari böyiça kreditorlar talablarini qanoatlantirişga va (yoki) soliqlar hamda yiğimlar böyiça öz majburiyatini töliq hajmda bajarişga qodir bölmaganda, u sud tomonidan tölovga qobiliyatsiz deb topilişi mumkin. Jismoniy şaxsni tölovga qobiliyatsiz deb topiş asoslari, tartibi va oqibatlari qonunçilikda belgilanadi.
Mehnat kodeksi 98-1-modda bilan töldiriladi. Unga köra, qarzdor aktivlari örni almaştirilayotganda bu haqda qaror qabul qilinguniga qadar amalda bölgan barça mehnat şartnomalari, iş beruvçi huquq va majburiyatlari yangi taşkil etilayotgan aksiyadorlik jamiyatiga yoki aksiyadorlik jamiyatlariga ötkazilgan holda, öz kuçini saqlab qoladi.
Kodeks 106-1-modda bilan ham töldiriladi. Taşqi boşqaruv yoki tugatişga doir iş yuritiş tartib-taomili joriy etilganda sud boşqaruvçisi tomonidan korxona rahbari bilan mehnat şartnomasi bekor qilinadi. Sud boşqaruvçisi korxona rahbari bilan mehnat şartnomasini bekor qiliş yoki uni boşqa işga ötkaziş töğrisida buyruq çiqaradi.











